Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Yoshlar ligasi. «Navbahor»ning «Bunyodkor»ga kuchi yetmadi

Yoshlar ligasi. «Navbahor»ning «Bunyodkor»ga kuchi yetmadi

Baho:
+ | -

Yoshlar ligasi 12-turida «Navbahor» «Bunyodkor» bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Shunga qaramay mehmon jamoa futbolchilari mezbonlarga qaraganda yaxshiroq tayyorgarlikka ega ekanliklarini namoyish etishdi.

Bu jihat esa “qaldirg‘ochlar”ga tanaffusga 1:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketish uchun zamin yaratdi. Ikkinchi bo‘limda ham “Bunyodkor” ikki bor muvaffaqiyat qozonib, g‘alabani mustahkamladi. Mezbonlar esa raqibning uchta goliga bir bor javob qaytarish bilan cheklanishdi.

Hisob 26-daqiqada ochildi. Burchakdan oshirilgan to‘pdan so‘ng Javohir Esonqulov boshi bilan darvozani nishonga oldi. Tanaffusga qadar mezbonlar vaziyatni o‘nglashga intilishgan bo‘lsada, amalga oshirilgan hujumlardan samara chiqara olishmadi.

Ikkinchi bo‘limni yaxshi boshlagan mezbonlar tez orada hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. 51-daqiqada Mamadaliyev-Xoldorov kombinasiyasidan keyin Xoldorovda yaxshi vaziyatga chiqib borish uchun imkoniyat bo‘lgandi. Ammo, Akbarali to‘pni o‘zida ko‘proq saqlab turganligi bois vaziyat boy berildi. Keyingi hujumda Hamidov jarima maydonchasiga yorib kirib zarba bergandi. “Qaldirg‘ochlar” posboni mahoratini namoyish etib to‘pni qaytarishga erishdi.

64-daqiqaga kelib, mehmonlarning chap qanotdan tashkil etgan hujumlari gol bilan yakunlandi. Himoyachilarimiz nazaridan chetda qolgan Nodir Mavlonov 19 metrlardan aniq zarba yo‘lladi – 0:2.

70-daqiqada esa darvozabon va himoyachilarning xatosidan keyin Jahongir Abdusalomov yaqin masofadan darvozani aniq nishonga olib, natijani yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Gollar oralig‘ida Olimjonovning tepgan to‘pini ham Adhamov qaytarishga erishganligini qo‘shimcha qilish mumkin.

Uchrashuvning yakuniy qismida mezbonlardagol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin, uchta vaziyatda “Bunyodkor” jamoasini gollardan saqlab qoldi. Avvaliga Adhamov Xoldorovning boshi bilan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘pni qaytarishga erishdi. Bilol Toshmirzayev va Muhammadsodiq Mamatxonovlarning olis masofalardan yo‘llagan kuchli zarbalari yo‘liga ham Eldor qalqon bo‘la oldi. Vaziyatlar oralig‘ida esa mezbonlar hisobdagi farqni qisqartirishga erishishdi. Nodir Kamolov o‘z jarima maydonchasi ichida Bilol Toshmirzayevni qoidaga xilof tarzda to‘xtatib qolganligi uchun belgilangan penaltini jabrlanuvchining o‘zi aniq amalga oshirdi.

Yoshlar ligasi, 12-tur
26 may. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh.
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 1:3 (0:1).
Gollar: B.Toshmirzayev (84-pen.) - J.Esonqulov (26), N.Mavlonov (64), J.Abdusalomov (70).

Hakamlar: O.To‘ychiboyev, I.Nosirov, A.Jabborov, E.Tursunov.
Nazoratchi – B.Tog‘ayev.
“Navbahor”: 12. Nodir Ashurmatov, 10. Ilhom Aliboyev (99. Omonulloxon Mirzayev, 66), 14. Hojiakbar Yunusov (S), 16. G‘olibbek Karimov, 21. Bilolxon Toshmirzayev, 26. Javohir Olimjonov (44. Yunusbek Abduvohidov, 83), 27. Shahzodbek Hamidov (33. Abdulqodir Sobirov, 89), 35. Muzaffar Abdullayev (9. Muhammadsodiq Mamatxanov, 67), 48. Ahmadjon Mamadaliyev (28. Abduvohid Sharipov, 78), 51. Akbarali Xoldorov, 88. Abdulaziz Nishonboyev (63. Iskandar Siddiqjanov, 52).
“Bunyodkor”: 1. Eldor Adhamov (45. Akrom Xodjayev, 90), 4. Suhrob Izzatov, 6. Sardor Madrahimov (14. Otabek Bekboyev, 83), 7. Nodirbek Mavlonov (21 Ziyovuddin Ahadov, 80), 8. Azamat Roziqov (17. Doniyor Tursunov, 80), 11. Nodirxon Kamolov, 22. Javohir Esonqulov (9. Rasul Yuldashev, 59), 26. Abubakr Mo‘ydinov, 29. Burxon Usmonov (10. Xabibxon Karimov, 76), 33. Ibrohim G‘ofurov, 71. Mirjahon Mirahmadov (19. Jahongir Abdusalomov, 59).
Ogohlantirishlar: A.Mamadaliyev (25), I.Siddiqjanov (65), A.Xoldorov (79) – B.Usmonov (24).
Chetlatish: I.Siddiqjanov (89, 2-ogohlantirish).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:59, 26.05.2017.
O'qildi: 3344 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.