Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Oybek Qilichev to‘yi uchun atayin qizil olmagan

Oybek Qilichev to‘yi uchun atayin qizil olmagan

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 11-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — «Navbahor» o‘yinida maydondan chetlatilgan Oybek Qilichev, 25 may kuni oila qurdi. Bu haqda «Navbahor» klubi matbuot xizmati xabar berdi.

«Buxoro»ga qarshi 3:3 hisobida yakuniga yetgan o‘yinning 83-daqiqasida bosh hakam bir yo‘la ikki futbolchi — Ergash Ismoilov hamda Oybek Qilichevni maydondan chetlatgandi. Keyinroq vaziyatni o‘rganib chiqqan PFL «Navbahor» futbolchisi Oybek Qilichevni ikki o‘yinga diskvalifikasiya qildi hamda moddiy jarimaga tortdi. Bunda moddiy jarimaning miqdori ko‘rsatilmadi. Oybek Qilichev raqibining yuziga urgani uchun maydondan chetlatildi, deb yozgandi PFL matbuot xizmati. Shundan kelib chiqib, tashkilot jabrlanuvchi Ergash Ismoilovni qo‘shimcha jazolab o‘tirgani yo‘q.

Shu tariqa 18 may kuni qizil olgan Oybek Qilichev 27 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Bunyodkor»ga qarshi 12-tur va 31 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Neftchi»ga qarshi O‘zbekiston kubogining javob o‘yinida maydonga tushmaydigan bo‘ldi. 25 may kuni esa futbolchining o‘zi oila qurdi. Bunda Oybek Qilichev qizil kartochkani qasddan tilab olganmidi yoki bu vaziyat taqazosimi — oydinlik kiritilmagan.

«Buxoro»ga qarshi bellashuvni boshqarib borgan andijonlik hakam Temur To‘xtasinov «Navbahor» darvozasiga 3 ta penalti tayin qilgani, tanaffus vaqtida esa har ikki klub bosh murabbiylarini maydondan chetlatgani inobatga olinsa, Qilichev asabiylashgan bo‘lishi ham mumkin.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, yosh kuyov kamida bir hafta davomida futboldan chetda bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Shu bilan Qilichev 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy liga 13-turida maydonga tushish imkoniyatiga ega.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:06, 28.05.2017.
O'qildi: 6362 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик