Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Franchesko Totti: u aktyor bo‘lishni istagandi, lekin...

Franchesko Totti: u aktyor bo‘lishni istagandi, lekin...

Baho:
+ | -

Franchesko Totti. Bu futbolchi bevosita Rimning «Roma» klubini yodga soladi. Boisi, Totti bu jamoaning tirik ramziga aylanib ulgurgan. U 1986 yilda «Roma»ning yoshlar jamoasi tarkibiga kelib qo‘shilgan va 6 yildan so‘ng jamoaning asosiy tarkibidan joy olgach, to hozirgacha klub sharafini himoya qilib keladi. Axir 22 yildan beri bir jamoa safida to‘p surish — haqiqiy qahramonlik. Ayniqsa, Franchesko Totti uchun. Chunki faoliyati davomida qanchadan-qancha mashhur klublar uni sotib olishga urinishdi. Tottiga yaxshigina shartnomalar taklif qilishdi. Lekin Franchesko «Roma»ga sodiq qoldi. Hozirda esa u ana shu sadoqatining mevasini olmoqda. To‘g‘ri, «Roma» bilan u ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritmadi, ammo jamoa muxlislari uni klub imperatori darajasiga chiqarib qo‘yishdi. Ya’ni sodiqligi evaziga u hurmat, e’tibor topdi. Bugungi sahifamizni Italiya terma jamoasi va «Roma» klubi hujumchisi Franchesko Tottiga bag‘ishlaymiz. Dastlab «arena-football.ru» saytining Totti bilan uyushtirgan intervyusini e’tiboringizga havola etamiz.

— Agar siz markaziy hujumchi sifatida harakat qilganingizda hozirgacha nechta gol urgan bo‘lardingiz?

— Taxminan, uch yuzta. Men allaqachon Piolning rekordini takrorlashga ham ulgurardim. Men hozirda faqat o‘yinni nazorat qilishim, so‘nggi daqiqalargacha kurashishim va jarohat olmasligim kerak.

— Rivera, Maldini, Riva, Del Pyero. Bular shubhasiz Italiya futbolining o‘z davridagi afsonalari.

— Albatta. O‘ylaymanki, men ham shu ro‘yxatdan joy olaman.

— Siz kimning fintlarini ko‘rganda hayratlanasiz? Sizningcha, sizga qarshi to‘p surganlar orasida va jamoadoshlaringiz safida eng kuchli futbolchilar deya kimni ta’kidlaysiz?

— Birinchi savolingizga javobim, faqat Messining. Eng kuchli o‘yinchiga keladigan bo‘lsak, bu Ronaldo. Jamoamdagi eng yaxshi o‘yinchi esa Batistuta.

— Buffon Konteni eng yaxshi murabbiy deb ta’rifladi. Siz bu borada qanday fikrdasiz?

— Men Lippini tanlagan bo‘lardim. Boisi, bunday murabbiyni ko‘rmaganman. Kapello ham fantastik murabbiy, Spaletti ham. Men oxirgi marta shu inson bilan gaplashgandim. U meni «Roma»ni tark etib, «Zenit»ga o‘tishga undagandi.

— Qaysi murabbiy bilan ishlashni xohlardingiz?

— Mourinyu bilan.

— Nima deb o‘ylaysiz, agar 1997 yilda siz bosh murabbiy Karlos Byanki istagandek «Sampdoriya»ga o‘tganingizda, hozir hammasi boshqacha bo‘lardi, to‘g‘rimi?

— Albatta. Byanki rimliklarni yoqtirmasdi. Masalan, u har doim mashg‘ulotlarda jamoani ikkiga bo‘lishda futbolchilarning rimlik yoki rimlik emasligiga e’tibor berardi. Rimlik bo‘lmaganlarni rimliklarga qarshi o‘ynatardi. Agar o‘sha vaqt ketganimda, balki, hozir Rimdan uzoqda bo‘larmidim. Menda ko‘plab variantlar bor edi, xususan, Madridning «Real» jamoasidan taklif tushgandi. Lekin «Roma»da qolishimni istovchilar ham topildi va men jamoamni tark etmadim. Bundan esa hech ham afsuslanmayman.

— Faoliyatingizning qaysi bosqichida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishingiz mumkin edi?

Davomi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:19, 29.05.2017.
O'qildi: 4030 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.