Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

At-Termiziy xalqaro turniri: Prezident sovrini kimga nasib qildi?

At-Termiziy xalqaro turniri: Prezident sovrini kimga nasib qildi?

Baho:
+ | -

Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIII xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston kurash federasiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Kurash xalqaro assosiasiyasi tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan nufuzli turnirda dunyoning ellikka yaqin davlatidan eng kuchli polvonlar g‘oliblik uchun bellashdi.
 
Xalqaro turnirda polvonlar uch vazn toifasida gilamga tushdi. Vazni 73 kilogramm bo‘lgan polvonlar bellashuvida barcha sovrinli o‘rinlar O‘zbekiston sportchilariga nasib etdi. Hikmatilla To‘rayev birinchi, Davlat Abrayev ikkinchi, Suhrob Xudoyberdiyev va Sherbek Abloqulov uchinchi o‘rinni egalladi.
 
Vazni 90 kilogramm bo‘lgan kurashchilar o‘rtasida ham polvonlarimizga teng keladigani topilmadi. Yahyo Imomov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Shuhrat Arslonov kumush, Dilshod Choriyev va Kamoliddin Rasulov bronza medal bilan taqdirlandi.
 
Xalqaro turnirning mutlaq vazn toifasi finalida surxondaryolik Abdulla Xoliyorov rossiyalik Artyom Osipenkoni mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 25 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritdi. Artyom Osipenko ikkinchi, Bekmurod Oltiboyev va Baxtiyor Mengliqulov uchinchi o‘rinni egalladi.
 
Musobaqa ishtirokchilari va mehmonlari Termiz shahridagi tarixiy yodgorliklar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, barpo etilgan zamonaviy inshootlar bilan tanishdi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 23:12, 29.05.2017.
O'qildi: 6531 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.