Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ixtiyor Karimov: “Bunyodkor” har jabhada ustunlik qildi” (+video)

Ixtiyor Karimov: “Bunyodkor” har jabhada ustunlik qildi” (+video)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogidan o‘rin olgan "Bunyodkor” – “Sho‘rtan” (3:0) uchrashuvidan keyin, g‘uzorliklar ustozi Ixtiyor Karimov o‘z fikrlarini aytdi.

"Avvalambor barchamiz uchun ustoz – Yuriy Vazgenovich Sarkisyanni qutlug‘ 70 yoshi bilan “Sho‘rtan” klubi nomidan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, unda “Bunyodkor” ustunlik qildi. Biz bundan uch kun ilgari “Olmaliq” bilan og‘ir uchrashuv o‘tkazgan edik. O‘sha o‘yindagi charchoq alomatlari sezildi, deb o‘ylayman. Qolaversa, “Bunyodkor”dagi yoshlar shijoati yaqqol sezildi va raqibimizning o‘yinga tayyorgarligi yaxshi olib borilganligi yaqqol bilinib qoldi. Igor Taran sekin-asta mashg‘ulotlarga qaytdi va tez orada asosiy tarkibdan joy oladi. Ikkinchi davradan yoshlar tarkibida to‘p tepayotgan yigitlarga ham e’tibor qaratamiz. Asror Aliqulov ustozlik qilayotgan o‘rinbosarlarimiz musobaqa jadvalida yetakchilik qilishmoqda. Davralar oralig‘ida ularga ham alohida e’tibor qaratamiz. So‘nggi o‘yinlarda shunga amin bo‘lyapmanki, tarkibimizdagi yigitlarimizning ruhiy holati yaxshi emas", - dedi Ixtiyor Karimov.

 

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 01:49, 01.06.2017.
O'qildi: 3371 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик