Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Iskandar Shoyqulov: «Babayanning ishonchini oqlamay, «Paxtakor»dan ketganman»

Iskandar Shoyqulov: «Babayanning ishonchini oqlamay, «Paxtakor»dan ketganman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionati oliy ligasida birinchi davra bahslari yakuniga yetib bormoqda. Hozirgacha o‘tkazilgan o‘yinlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, mavsum oldidan bildirilgan taxminlar o‘zini oqlamaganini ko‘ramiz. Bunga isbot tariqasida turnir jadvalining yuqori qismidagi holatni ko‘rsatish mumkin. Demak, shiddatli uchrashuvlardan bahra olish va voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. Biz Muborakning «Mash’al» klubi yetakchilaridan biri Iskandar Shoyqulovni suhbatga chorlab, uning fikrlari bilan qiziqdik.

- Iskandar, «Mash’al» joriy mavsumni biroz notekis o‘tkazayotgandek. Grandlarni mag‘lub etyapti, ammo nisbatan kuchsiz klublarga ochko ulashyapti. Bu holatga munosabatingiz qanday?

- Ushbu savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berish mushkul. Lekin o‘tgan yil bilan taqqoslaganda, jamoamizda o‘sish kuzatildi. Natijalarning ijobiy tomonga o‘zgarishi muxlislar tashrifiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Stadionga kelayotgan tomoshabinlar soni sezilarli darajada ortdi.

- Bundan avvalgi turda «Olmaliq»ni mag‘lub eta olmadinglar, penalti ko‘kka sovurildi. Xo‘sh, raqib kuchlilik qildimi yoki omad yetishmadimi?

- Unutmaslik kerakki, «Olmaliq» kuchli jamoa. Lekin taqqoslasak, mehmonlarga qaraganda bizda golga tortadigan vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi. Penaltiga kelsak, bu lotereya. Omad chopmasa qiyin ekan. Gol urganda qahramonsiz, aksi holda, hammadan gap eshitganingiz qoladi.

- Demak, o‘sha o‘yinda 2 ochko yo‘qotibsizlarda?

- Xuddi shunday. Chunki g‘alaba qozongan taqdirimizda turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib olishimiz mumkin edi. Shu sababli ham «Olmaliq» bilan o‘yinda muhim ochkolardan mahrum bo‘ldik.

- «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda supergol muallifiga aylandingiz. Muvaffaqiyatni kimga bag‘ishladingiz?

- O‘sha vaziyat hamon yodimda. Menimcha, uzoq vaqt eslab qolsam kerak. Golimni momojonimga bag‘ishladim. Sababi, o‘yin kuni ertalab ulardan duo qilishlarini so‘ragandim.

- «Paxtakor» yirik hisobda (3:0) mag‘lub etildi. Sizningcha, bu natijaga nimaning evaziga erishdinglar?

- «Paxtakor»ga ortiqcha ta’rif berishi shart emas. Bunday kuchli klublarga qarshi kechadigan o‘yinlarga tayyorgarlik hamisha boshqacha bo‘ladi. Raqibni jiddiy tarzda o‘rgandik. Qolaversa, yaxlit jamoa sifatida yagona maqsad sari intilganimiz ham foyda berdi.

- Poytaxtliklarning o‘sha paytdagi tushkun holatidan foydalanib qoldinglarmi yoki haqiqatan ham «Mash’al» raqibidan kuchliroqmidi?

- O‘sha kuni «Paxtakor»dan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdik. Qolaversa, bizdagi g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq ham kuchliroq edi. O‘zbekistonning bir necha karra chempionini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratish hamisha yoqimli.

- «Paxtakor» sobiq klubingiz ekanini inobatga olsak, mazkur bahs siz uchun o‘zgacha ahamiyat kasb etgandir?

- Albatta. «Paxtakor» hamisha faoliyatimda alohida o‘ringa ega bo‘lib qoladi. Asosiysi, qaysi jamoada to‘p sursam, o‘sha klub sharafini astoydil himoya qilaman. Futbolchi professionallikka intilishi kerak. Aks holda, bu kasbga xiyonatdek qabul qilinadi.

- «Paxtakor»ni nima sababdan tark etgandingiz?

- Bunda hech kimni ayblamayman, hammasiga o‘zim sababchiman. Hamisha aybni o‘zimdan qidirganman va xatolarimdan to‘g‘ri xulosa chiqarganman. Samvel Vyacheslavovichning ishonchini oqlayolmay, o‘zim ruxsat so‘rab ketganman. Balki yangi jamoam o‘yin uslubiga moslashib keta olmagandirman?!

- Sizningcha, kutilmagan natijalar ikkinchi davrada ham qayd etiladimi?

- Bu yilgi chempionat avvalgilaridan keskin farq qilyapti. Birinchi davra yakuniga yetib boryapti, lekin hozircha sovrinli o‘rinlar uchun yaqqol favorit hamda oliy ligani tark etishga nomzod jamoalar ko‘rinmayapti. Shu bois musobaqaga qiziqish ancha ortdi. Menimcha, kutilmagan natijalar va keskin kurash ikkinchi davrada ham saqlanib qoladi.

- «Real» va «Yuventus»ning Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga yetib kelishini kutganmidingiz? Hal qiluvchi o‘yinda qaysi jamoaning imkoniyatlarini yuqoriroq baholaysiz?

- Ochig‘ini aytsam, bu jamoalarning muxlisi emasman. Lekin Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirini kuzatib boryapman. Albatta, men uchun bu kutilmagan final. «Real» muxlislari meni ma’zur tutishsin-u, ammo finalda «Yuventus»ning imkoniyatlarini yuqoriroq baholayapman.

- Shaxsan o‘zingiz ushbu qarama-qarshilikda qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- Shubhasiz, «Yuventus»ga. Chunki turinliklar tartibli o‘yin namoyish etadilar.

- Taxmin qiling-chi, finalda hisob qanday ko‘rinish oladi?

- To‘g‘risi, doimo taxmin qilishdan o‘zimni tiyaman. Mazkur uchrashuvda har qanday natija qayd etilishi mumkin. Hisobni ayta olmaymanu, lekin har ikkala jamoaning shu kuni darvozalarni kamida bir martadan ishg‘ol qilishlariga ishonchim komil.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:23, 01.06.2017.
O'qildi: 3970 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.