Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Osiyoning eng kuchli 50 nafar futbolchisi orasiga faqatgina ikki o‘zbekistonlik kiritildi

Osiyoning eng kuchli 50 nafar futbolchisi orasiga faqatgina ikki o‘zbekistonlik kiritildi

Baho:
+1 | -

«Fourfourtwo.com» osiyolik futbolchilarning TOP-50 reytingini tuzib chiqdi.

Bunda qit’aning eng ko‘zga ko‘ringan futbolchilari aks etgan bo‘lib, ular orasida faqatgina ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi bor.

Nashr talqiniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeevga 28-o‘rin nasib qilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining «Shanxay SIPG» safida harakat qilayotgan sardori Odil Ahmedov TOP-50 reytingning 21-o‘rnidan joy oldi.

O‘zbekiston terma jamoasining yetakchilari hisoblangan Server Jeparov, Vitaliy Denisov kabi futbolchilar ro‘yxatdan joy olmagan.

Reytingning beshdan bir qismi avstraliyalik futbolchilarga tegishli bo‘ldi — 10 ta. Bu borada yashil qit’a termasi yaqqol peshqadam. Yaponiyaning esa 9 nafar futbolchisiga e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan JCH—2018 yo‘lida raqobat olib borayotgan termalardan Janubiy Koreyaning 6 nafar, Eronning 5 hamda Xitoyning 4 nafar futbolchisi eng yaxshilar qatorida e’tirof etildi.

6 iyun kuni O‘zbekistonga raqib bo‘ladigan Tailand termasining ham to‘rt vakili tanlab olindi. Vaholanki tailandliklar saralashning hal qiluvchi bosqichida birorta o‘yinni o‘z foydasiga hal qila olmagandi.

Saudiya hamda BAAning uchtadan futbolchisiga e’tibor tushdi. Bu borada Amirlik termasining ko‘rsatkichlari chakki emas. O‘zbekiston termasiga qarshi o‘yinlarda tinimsiz gol uradigan Ahmad Halil reytingda 8-o‘ringa loyiq ko‘rildi. O‘zbekiston klublari «kushandasi» Umar Abdulrahmon esa 50 ta futbolchi orasida karvonboshi bo‘ldi.

Top-10 quyidagicha:
1. Umar Abdurahmon (BAA)
2. Son Hyon Min (Janubiy Koreya)
3. Shinji Okazaki (YAponiya)
4. Sardor Azmun (Eron)
5. Aaron Muy (Avstraliya)
6. Genki Haraguchi (YAponiya)
7. Rizo G‘uchannajod (Eron)
8. Ahmad Xalil (BAA)
9. U Ley (Xitoy)
10. Ki Sung Yung (Janubiy Koreya)

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:32, 03.06.2017.
O'qildi: 13495 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик