Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay 1-4 Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

Birinchi liga. “Nasaf-2” o‘z maydonida “Istiqlol”ni mag‘lub etdi

Birinchi liga. “Nasaf-2” o‘z maydonida “Istiqlol”ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

“Nasaf-2” jamoasi bugun, O‘zbekiston Birinchiligi 13-tur doirasidagi uchrashuvni o‘z maydonida Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Avvalgi uchrashuvlarda jamoa o‘yinchilari “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalariga jalb etilgani bois, kerakli natijalarga erishilmadi. Bugun ular to‘liq tarkibda maydonda harakat qilishdi. Bu albatta o‘z natijasini ko‘rsatdi. Nurali Sultonov shogirdlari o‘z raqibi o‘stidan ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda jamoa o‘yinda ham, hisobda ham raqiblaridan ustunlik qildi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Dilshod Saitov hisobni ochishga erishdi. O‘ng qanotdan tashkil etilgan hujumda Navro‘zjon Izatillayev to‘pni jarima maydoniga yetkazib berdi. Bu vaziyatda Saitov darvozani aniq nishonga olishda adashmadi – 1:0.

Oradan 4 daqiqa o‘tib, uning o‘zi hisobni 2:0ga o‘zgartirdi. Bunda Oybek Bozorov, Dilshod Saitovni o‘zining pasi bilan qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Saitov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va ikkinchi golini kiritdi.

Dilshod Saitov bugun xet-trik qayd etishi ham mumkin edi. Uchrashuvning 38-daqiqasida Samandar Shukrullayevni raqib himoyachilari jarima maydonchasida yiqitishdi. Belgilangan 11 metrlik jarima to‘pini D.Saitov amalga oshirdi. Afsuski, “Istiqlol” jamoasi posboni Doniyorjon Usmanov to‘p yo‘nalishini aniq topib, zarbani qaytarishga erishdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida mehmonlar hisobni tenglashtirish maqsadida juda ko‘p ter to‘kishdi. Buning evaziga ular 55-daqiqada hisobni qisqartirishga erishdilar. Golni Xayrullo Madaminov kiritdi.

Bu goldan biroz ruhlangan mehmonlar keyingi daqiqalarda ham ancha faol harakat qilishdi. Ammo ular boshqa gol ura olishmadi. Bugun darvozabonimizni qo‘riqlagan Umidjon Ergashev ko‘p hollarda chiroyli harakatlari bilan jamoamizni muqarrar gollardan asrab qoldi.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Orifjon Murodov uchrashuvning 83-daqiqasida o‘zini ko‘rsatdi. U raqib darvozaboni birga-bir vaziyatda dog‘da qoldirdi – 3:1.

O‘yinda futbolchilarimiz tomonidan yaratilgan vaziyatlardan to‘liq foydalanilganda, hisob yanada yirikroq bo‘lishi ham mumkin edi.

Shunday qilib, “Nasaf-2” bu turda “Istiqlol” jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va o‘z hisobiga qimmatli uch ochkoni yozdirib qo‘ydi.

Nurali Sultonov shogirdlari navbatdagi 14-tur uchrashuvini yana o‘z maydonida o‘tkazishadi. Bu safar ular “Andijon” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 7 iyun chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Birinchiligi, 13-tur
04.06.2017. “Nasaf” FM maydoni.
“Nasaf-2” (Qarshi) – “Istiqlol” (Farg‘ona) 3:1 (2:0)
Gollar: Dilshod Saitov, 7’-1:0, 11’-2:0, Orifjon Murodov, 83’-3:1 – Xayrullo Madaminov, 55’-2:1.
Amalga oshirilmagan penalti: Dilshod Saitov 39.

Bosh hakam: Anotoliy Rubakov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Xushnudbek Atamuratov (Urganch), Dilshodbek Jumaniyozov (Xorazm vil.)
Zaxira hakami: Jasur Bo‘riyev (Qarshi)
Nazoratchi: Radik Safeevich Serazetdinov (Toshkent)
“Nasaf-2”: 1.Umidjon Ergashev, 5.Otabek Komiljonov, 6.Ilhomjon Alijonov (s), 7.Dilshod Saitov (8.SHohmalik Komilov 66), 10.Oybek Bozorov (19.Sa’ddam To‘xtayev 90), 14.Dostonbek Berdiqulov, 16.Navro‘zjon Izatillayev, 18.Jahongir Qurbonboyev (15.SHaxboz Erkinov 59), 27.Sardorbek To‘rayev (32.Orifjon Murodov 51), 38.SHerzod Nasrullayev, 42.Samandar Shukrullayev (22.Farruh Absalomov 86).
Zaxira: 30.Abduvohid Ne’matov, 33.Timur Nusratillayev.
“Istiqlol”: 89.Doniyorjon Usmanov, 2.Aziz Madaliyev (s), 3.Davronbek Qoraboyev (19.SHoxruh Boyqo‘ziyev 90+2), 5.Abduxoliq Qurbonov, 7.Jamshid Hoshimov (23.Muhammadsulton Fozilov 61), 14.Rustam Abduxamidov (10.Davlatbek Yarbekov 71), 20.Karimberdi Mamadaliyev, 21.Xudoyberdi Xoliqov, 25.Bobur Aminjonov (6.Abdulaziz Jo‘raboyev 46), 77.Xoshimbek Shokirov (8.Alisher Fayzullayev 46), 88.Xayrullo Madaminov.
Zaxira: 71.Kazbek Artqkbayev, 70.Faxriyor O‘rinboyev.
Ogohlantirish: Karimberdi Mamadaliyev 20.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:20, 04.06.2017.
O'qildi: 2996 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.