«Real» prezidenti Florentino Peres yarimhimoyachi Xames Rodriges va «Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xeaning transferi haqida gapirdi.
«De Xea – ajoyib darvozabon, ammo u «MYU» futbolchisi. Uning qayerga o‘tishini bilmayman, folbin emasman.
Xames ham zo‘r futbolchi, ammo jamoamizda raqobat kuchli... Umuman olganda, hech kimni qo‘yib yubormagan bo‘lardim. Zidan bilan bu haqda gaplashib olamiz, u Xamesning taqdirini hal qiladi» - dedi Peres.
Avvalroq, «Real» Xamesni 42 mln yevroga «Inter»ga sotmagani, «MYU» esa De Xea uchun madridliklardan 92 mln yevro so‘ragani haqida xabarlar chiqqan edi.