"Real"ning sobiq himoyachisi Roberto Karlos YECHL finalidan so‘ng madridliklarning kiyinish xonasida bo‘lib, Marseloning holatini tasvirladi.
"Marselo mutlaqo mast edi. U nuqul nima uchun hamm uning raqami tushirilgan futbolkalarni kiyib olganini so‘rar edi. U o‘zida emasdi va hech narsani anglamasdi", - deydi Karlos.
Eslatib o‘tamiz, Marselo 12-raqamda o‘ynaydi, "Real" esa chempionlar ligasida 12-g‘oliblikni nishonladi.