Kirish Ro'yxatdan o'tish

Insayder Joze Mourinyoning uchta transfer maqsadini ma’lum qildi

Insayder Joze Mourinyoning uchta transfer maqsadini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo bosh murabbiy etib tayinlangan taqdirda jamoada ko‘rishni istagan futbolchilari ro‘yxatini shakllantirdi. Bu haqda futbol insayderi Ramon Alvares de Mon o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Jurnalistning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Mourinyo Ibraima Konate va Denzel Dumfris nomzodlarini ma’qullagan. Ularning transferi haqida avvalroq klub prezidenti Florentino Peres ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, Mourinyo yana uch nafar futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bular — Rikkardo Kalafyori, Bernardu Silva va Mateush Fernandeshdir. Qayd etilishicha, portugaliyalik murabbiy Orelyen Tchuameni jamoani tark etgan taqdirda, so‘nggi ismi tilga olingan futbolchi transferini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqmoqchi.

Kiritildi: 15:42, 07.06.2026.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик