«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 13 oy ichida 9ta sovrinni yutib oldi.
Bu borada uning o‘g‘li – kichik Krishtianu Ronaldu ham otasidan qolishmayapti. Yaqinda u o‘z jamoasi tarkibida bolalar turniri g‘olibi bo‘ldi va eng yaxshi to‘purar sifatida "Pichichi" sovrinini qo‘lga kiritdi.
«Sen bilan faxrlanaman. Kubokda g‘olib chiqib, «Pichichi» sovrinini qo‘lga kiritganing bilan tabriklayman» - deb yozdi Ronaldu instagram sahifasida.