Portugaliya terma jamoasi Yevropa chempioni sifatida Konfederasiyalar kubogi -2017 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bugun «Real» futbolchilari Krishtianu Ronaldu va Pepe terma jamoa qarorgohiga yetib kelishdi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya 9 iyun kuni JCH-2018 saralashida Latviya bilan bellashadi. Shundan so‘ng KK-2017 musobaqasida ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketadi. U yerda jamoa 18 iyun kuni Meksika, 21 iyun kuni Rossiya va 24 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan kurash olib boradi.