«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlardan bo‘yin tovlaganlik to‘g‘risidagi ayblovga izoh berdi.
32 yoshli futbolchi Deportes Cuatro jurnalisti tomonidan bu borada berilgan savolga: «Vijdonim pok», deb javob berdi.
Avvalroq, Ispaniya prokuraturasi futbolchini 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lamaganlikda ayblagan edi.