"Real"dagilar jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduga sudda ortiqcha ovoragarchiliklar bo‘lmasligi uchun, doim OAV nishoni bo‘lmasligi uchun tinchgina jarima to‘lab qo‘yishni maslahat berishmoqda.
Ispaniya prokuraturasi 14,7 mln yevro soliq to‘lashdan bosh tortgani uchun "Real" futbolchisining ishini sudga oshirgan edi. Futbolchi Ispaniya soliq organlariga qarshi umumiy to‘rtta jinoyat sodir qilganligi aytilmoqda.
"Real" avvalroq o‘z futbolchisini qo‘llab-quvvatlagan va uning mutlqao aybsiz ekaniga ishonishini bildirgan edi.