«Chelsi» yetakchisi Eden Azar jamoani tark etmasligi ta’kidladi.
«Keyingi mavsumda ham APLda g‘olib chiqishni va yana eng yaxshi futbolchi bo‘lishni istayman. Albatta, chempionatda g‘olib chiqish – asosiy vazifa, shaxsiy sovrin esa yoqimli bonus.
«Chelsi» – oilamdek bo‘lib qolgan, bu yerda baxtiyorman. 5 yildan buyon dunyoning eng yaxshi klubida o‘ynayapman, bundan mamnunman» - dedi Azar Sky Sports xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Azarning «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.