Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Beyl «Real»dan ketishi kerakmi?

Beyl «Real»dan ketishi kerakmi?

Baho:
+ | -

“Real Madrid”ning uelslik hujumchisi bu yozdayoq unga kelib tushayotgan takliflarni qabul qilib, jamoasini almashtirishi kerakmi? Goal nashri bu haqda to‘xtalib o‘tdi.

Garet Beylning jamoani tark etishi haqidagi vaziyat bir necha oylar oldin kulgili bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq, so‘nggi vaqtlarda uelslik futbolchining jamoadagi kelajagi so‘roq ostida qoldi. Uning ko‘plab jarohatlar olishi Iskoning “qayta tug‘ilishiga” sababchi bo‘ldi va BBC uchligiga barham berildi.

Klub bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilgacha amal qiladigan Isko aql bovar qilmas o‘yinlarini namoyish etdi va jamoaga barqarorlik bahsh etdi. Ayniqsa, Isko xavfli vaziyat yaratish uchun faqat qarshi hujumga suyanish ehtiyojini kun mavzusidan olib tashlashiga yordam berdi.

La Liga doirasida “Atletiko Madrid”ga safar uchrashuvida Zidan Iskoni asosiy tarkibga kiritdi va bu tanlovda adashmadi. Ko‘rsatgan o‘yini evaziga Isko so‘zsiz asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Andalusiyalik futbolchining cho‘qqiga chiqishi Ronalduning to‘purarlik qobiliyati tushishi va jamoaning hujumdagi ishlari o‘ngidan kelmayotgan bir paytga to‘g‘ri kelishi uning imkoniyatlarini oshirib yubordi. Yaqinda bergan intervyusida futbolchi amaldagi shartnomasini uzaytirishga yaqin ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Beyl uchun barchasi tugadimi? Isko La Ligada 30, Chempionlar Ligasida 6 uchrashuvda ishtirok etdi. « Yuventus »ga qarshi kechgan final bahsida ham asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘ldi. Bu paytda Beyl zahirada navbatini kutib o‘tirdi.

Voqealarning bunday rivojlanishi Beylning kelasi mavsumda ham zahira o‘yinchisi bo‘lishiga olib kelishi mumkinmi ? Bu mavsumda ko‘rdikki, Zidan raqibga qarab asosiy tarkib o‘yinchilarini tanlashi, hatto Ronalduga ham dam olishi lozimligini ko‘rsatgach, Beylning kelajagi so‘roq ostida qolishini tushunishimiz mumkin.

Beylning « Real »dagi yaqin kelajagi uning statusi o‘zgarishi va o‘yin amaliyotining qisqarishi bilan kechishi aniq. Yaqin paytlargacha Ronaldu – Messi qarama-qarshligini aynan uelslik super yulduz to‘xtatishi haqida taxminlar bor edi.

Xo‘sh, Beyl jamoani tark etadigan bo‘lsa, uni qaysi jamoada ko‘rishimiz mumkin ? So‘nggi vaqtlarda unga qiziqish bildirayotgan « Manchester Yunayted » va Yevropaning bir qator grand jamoalari yuqori tezlikka va kuchli jismoniy ko‘rsatkichlarga ega Beylni o‘z safida ko‘rishni istashi mumkin.

Demak, Beyl uchun tanlash vaqti keldi. Jamoada qolib asosiy tarkib uchun kurashishni davom ettirishi kerak. Bunda to‘pni o‘zida ushlab turishni biladigan, o‘yinni yaxshi o‘qiy oladigan Isko bilan bo‘ladigan kuchli raqobatga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Yoki jamoani tark etib yangi chaqiriqlarni qabul qilishi lozim bo‘ladi. Mavsumoldi tayyorgarliklar mobaynida bu haqida o‘ylab olish uchun ayni payti.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 21:17, 16.06.2017.
O'qildi: 7931 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.