Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ilhom Mo‘minjonov: "So‘nggi daqiqalarda yutuqni qo‘ldan boy berdik"

Ilhom Mo‘minjonov: "So‘nggi daqiqalarda yutuqni qo‘ldan boy berdik"

Baho:
+ | -

Oliy liga 14-turidan o‘rin olgan «Navbahor» - «Olmaliq» (1:1) o‘yinidan so‘ng, mehmonlar ustozi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ilhom Mo‘minjonov (“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi): - Jamoamiz oltita turdan beri g‘alaba qozona olmayotganligi sababli, “Olmaliq” bilan o‘tgan o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritishimiz shart edi. Bugun g‘alabaga yaqin edik. Ammo, so‘nggi daqiqalarda yutuqni qo‘ldan boy berdik. Uchrashuvga jiddiy tarzda hozirlik ko‘rgandik. Afsuski bahs oxirlarida o‘tkazib yuborilgan gol barcha mehnatlarimizni chippakka chiqardi. Nima ham qila olardik, ko‘zlangan maqsadga erisha olmagan bo‘lsakda hayot davom etadi. Shundan kelib chiqqan holda navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bir turdan keyin chempionatning dastlabki qismi yakuniga yetadi. Davralar oralig‘ida birinchi davrada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tahlil qilib ularni bartaraf etgan holda ikkinchi davraga munosib tarzda hozirlik ko‘ramiz. Bu orqali mavsumni kuchli beshlikda yakunlash uchun harakat qilamiz. Bugun birinchi davra hisobidan o‘z maydonimizdagi so‘nggi bahsni o‘tkazdik. Shukurki, uydagi uchrashuvlarda raqiblarimizga imkoniyatni boy bermadik. Ikkinchi davrada yanada yaxshiroq harakat qilib, muxlislarimizni chiroyli o‘yinlarimiz bilan xursand qilishni maqsad qilganmiz. Ikkinchi davrada jamoada yangi futbolchilarni ko‘rishni istayman. O‘zim istagan futbolchilar bilan muzokaralar o‘tkazdik. Davralar oralig‘ida tarkibga ichki chempionatda to‘p surayotgan olti-etti nafar yosh futbolchilarni qo‘shishni mo‘ljallab turibman. Hozircha ularni kim ekanligi sir. Barcha masalada kelishuvga erishganimizdan so‘ng ularni kimligini oshkor qilamiz.

Ayni paytda besh nafar futbolchimiz turli sabablarga ko‘ra bugungi uchrashuvda ishtirok eta olishmadi. Ularning ayrimlari oilaviy sabab, ba’zilari esa betobligi sababli ayni paytda jamoa bilan birga emas. Birinchi davrani tugashiga yana bitta o‘yin qoldi. “Nasaf” bilan o‘tadigan uchrashuvdan keyin tarkibda kimlarni qolishi va kimlarga javob berilishi borasida bir to‘xtamga kelamiz.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:52, 21.06.2017.
O'qildi: 2776 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.