Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Janubiy Koreya terma jamoasi boshi berk ko‘chada

Janubiy Koreya terma jamoasi boshi berk ko‘chada

Baho:
+ | -

Jahon Chempionati saralash bosqichidagi raqibimiz — Janubiy Koreya terma jamoasi boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Bosh murabbiy Uli Shtilikening iste’foga chiqarilishi ortidan hali-hamon terma jamoa sari otilayotgan tanqid toshlari to‘xtamayapti.

5 sentyabr kuni Toshkentda terma jamoamizga qarshi o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi ta’kidlanayapti. Buning uchun O‘zbekiston 5 sentyabrga qadar oraliqda o‘tadigan Xitoyga qarshi safar o‘yinida mag‘lub bo‘lmasligi shart bo‘lib qoladi. Kuni kecha Janubiy Koreyaning yetakchi gazetalaridan sanalgan "Hankuk Ilbo" nashri: "Guruhda 3-o‘rinda qolib ketishimiz ehtimoli bizni narigi guruhga nazar solishga undaydi. 1-dan 3-o‘ringacha bo‘lgan barcha jamoalar biz uchun yumshoq qilib aytganda "quturgan sherdan xavfliroq". Biz esa O‘zbekistonning Xitoy safarida qoqilishiga umid qilamiz", deb yozadi.

Qatarga qarshi uchrashuvda koreyslarning "yuragi" sanalgan "Tottenhem" (Angliya) a’zosi Son Xeung Min jarohat olganligidan xabaringiz bor. Futbolchi Qatar bilan o‘yinda o‘ng qo‘lining tirsak qismidan jarohat olgan edi. 16 iyun kuni Son Seuldagi kasalxonalarning birida operasiyadan chiqdi. Shifokorlar uning 8 haftagacha gipsda yurishi lozimligini aytishgan. Katta ehtimol bilan ushbu futbolchi Eron va O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin. Aks holatda ham uning so‘nggi o‘yinlarga yuqori formada kela olmasligi oydinlashyapti.

Shuningdek, Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi kim bo‘lishi ham hozircha ochiq turibdi. Ko‘pchilik ushbu o‘ringa terma jamoani 2010 yilgi Jahon chempionatiga olib borgan Xo Jong Mu nomzodini loyiq ko‘rayotgan edi. Lekin hozirda Koreya Futbol Assosiasiyasi vise-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan 62 yoshli Xo Jong Mu bu xabarlarni inkor etdi. Janubiy Koreyaning yetakchi murabbiylaridan sanalgan Xong Myun Bo nomzodi ham o‘rganilmoqda. Lekin hozircha ushbu murabbiy bu xabarga munosabat bildirmagan. Koreys futbolidagi ko‘pchilik murabbiylar ushbu qaltis vaziyatda terma jamoani qabul qilib olishni istashmayapti. Yaqin kunlarda koreyslar yangi bosh murabbiy nomini e’lon qilishlari kutilmoqda.

Otabek Yo‘ldoshev,
Janubiy Koreya, Seul

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:10, 21.06.2017.
O'qildi: 24187 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.