Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Farxodbek Sobirov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi

Farxodbek Sobirov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

23 iyunga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a’zosi ham ishtirok etyapti. Jumladan 77 kg. vazn toifasida Shahzod Xudoyberganov, 94 kg. vaznda Farxodbek Sobirov va 105 kg. vaznli polvonlar bahsida Akbar Jo‘rayevlar kunchiqar yurtda mamlakatimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib 77 kg. vazn toifasida Shahzod Xudoyberganov bahslarga kirishgan, u dast ko‘tarishda 152 kg, siltab ko‘tarishda esa 186 kg. natija bilan umumiy 338 kg. og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirib, jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘lgandi.

Bugun yana bir hamyurtimiz Farxodbek Sobirov 94 kg. vaznli polvonlar bahsida o‘z ishtirokini boshlab, yakunda jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Farxodbek dast ko‘tarishda avvalo 170 kg. tosh ko‘targan bo‘lsa, keyingi urinishlarda 175 va 180 kg. og‘irlikni ham o‘ziga bo‘ysundirib 1-o‘rinni egalladi.

Siltab ko‘tarishda ham o‘zbek polvoniga teng keladigan raqib topilmadi. Sobirov ushbu yo‘nalishda birinchi urinishda 200 kg. toshga buyurtma berdi va ushbu og‘irlikni ortiqcha qiyinchiliksiz zabt eta oldi. Keyinchalik esa Farxodbek 206 va 210 kg. og‘irlikdagi toshlarni ko‘tarib, umumiy 390 kg. natijasi bilan xaqli ravishda jahon chempionligiga erishdi. 94 kg. vazn toifasida jahon chempionatining kumush medali beloruslik Yauxeni Sixantsouga nasib qilgan bo‘lsa, Eron terma jamoasi a’zosi Rahmon Uramex bronza medaliga loyiq ko‘rildi.

Demak, jahon chempionatida ishtirok etayotgan uch nafar vakilimizdan ikkitasi hozircha oltin va kumush medallariga sazovor bo‘lib ulgurishdi. Ertaga, 22 iyun kuni og‘ir vazndagi polvonimiz Akbar Jo‘rayev ham bahslarga kirishadi. Biz yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Akbarjonga ham omad tilab qolamiz va albatta jamoadoshlari boshlab bergan zafarli yurishni munosib davom ettirishga umid qilamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:27, 21.06.2017.
O'qildi: 3415 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик