Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Jaloliddin Masharipov: "Hech narsadan qo‘rqmayman"

Jaloliddin Masharipov: "Hech narsadan qo‘rqmayman"

Baho:
+-1 | -

O‘zbekiston terma jamoasi hamda Toshkentning “Lokomotiv” klubi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov bilan terma jamoadagi muvaffaqiyatsizliklar, muxlislarning e’tirozlari va JCHga chiqish imkoniyatlari haqida suhbatlashdik.

– O‘zbekiston terma jamoasining bugungi muvaffaqiyatsizliklari haqida nimalar deya olasiz?

-Eron bilan o‘yindan so‘ng imkoniyat umuman qolmadi desak ham bo‘lardi, lekin Qatarning J.Koriya ustidan qozongan g‘alabasi bizga yana imkoniyat olib berdi. O‘zbekistonni jahon chempionatiga chiqishini bugun o‘zbek halqi emas xudo ham xohladi shekilli. Odamlarni gap so‘zlariga axamiyat bermasdan oldindagi ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozonishimiz kerak bas.

-Muxlislarda terma jamoaning taktika tanlashi va futbolchilarning joyini almashishi to‘g‘rimi? Aytingchi, murabbiy aytganidek “O‘zbekiston tarixidagi eng kuchli” jamoaning taktikasimi bu? (Eron – O‘zbekiston (2:0) misolida)

-Bilmadim, balkim shundaydir. Futbolchini murabbiy maydonning qayerda o‘ynashini belgilab bersa, demak shu yerda o‘ynashga majbur. Oldin ushbu joyda o‘ynaganmi, yo‘qmi bu bu borada etiroz bildirish o‘rinsiz.

Masalan futbolchi yoshligidan maydonda harakat qilib keldimi joy tanlashi o‘rinsiz deb o‘ylayman. Futbolchi himoyadami, hujumda o‘ynaydimi, uchrashuvdan so‘ng “meni joyib o‘ng qanotda edi yoki chap qanotda edi shuning uchun o‘ynolmadim” deyishi neoto‘g‘ri, bu futbolchiga yarashmaydigan gap deb o‘ylayman.

-Oldindagi ikki uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak! Buning uchun gol urishimiz kerak! Nima deb o‘ylaysiz tarkibga yangi hujumchilarni taklif kilish kerakmi yoki boriga baraka degan ma’qulmi?

-Hujum chizig‘imizda Temurxo‘ja Eronga qarshi bahsda yaxshi harakat qildi. Igor ham yaxshi hujumchi, ammo hozirda o‘zini yaxshi tomonlarini ko‘rsata olmayapti. Muxlislarning har xil gaplari unga ruhiy tasir ko‘rsatmoqda.

Birinchi navbatda  futbolchi ruhan kuchli bo‘lishi kerak, odamlarni gapiga e’tibor qaratmaslik kerak. Chunki sizni muhlislar mahtashganda ham yomonlaganda ham bir xilda turishingiz kerak, nimaga deganda muhlislar sizdan faqat yaxshi natijalarni kutishadi.

Ularning ham gapi to‘g‘ri sababi siz terma jamoa libosini kiydingiz va shunga munosib o‘ynashingiz kerak. Igor Sergeev hozir formada emasdir, ammo oldindagi ikki uchrashuvda Sergeevning gollari bizni jahon chempionatiga olib chiqadi (kulib qo‘ydi).

-Xitoy bilan uchrashuvda “Bunyodkor”da o‘tgan o‘yinning takrorini ko‘ramizmi?

-Nasib bo‘lsa birinchi to‘qnashuvdagidek bo‘ladi hammasi. Nimaga deganda Eronga ketishimizdan oldin sal hayajon bor edi, endi Xitoyga safar esa ikki barobar hayajon o‘yg‘otadi. Nimaga deganda yaqinlashmoqda hammasi, kundan kunga uchrashuv to‘g‘risida o‘ylayverasiz. Qo‘rqmaslik kerak. Shunday futbolchimanki hech narsadan qo‘rqmayman, odamlarni gapiga ham e’tibor qaratmayman. Futbolda qo‘rqish kerak emas, agar qo‘rqdimi demak futbol o‘ynamash kerak. Qo‘rqdingizmi aniq o‘sha uchrashuvda yaxshi o‘ynay olmaysiz.

-Muxlislar nimani istayotganini bilasizmi?

-Muxlislar (kulib qo‘ydi), kim qanday o‘ynashidan qat’i nazar, o‘sha Igor Sergeevmi, Lobanovmi tanqid qilishadiku, yoki Andreevmi, Hoshimovmi. Shularni tanqid qilmasdan ko‘zni yumib, oldinga boshlasa biz albatta Jahon chempionatiga birga boramiz. Futbolchilar ham shuni istashadi va maydonga shu niyatda tushadi. Ular ham ruhiy tushkunlikka tushib qolganda. Birgalikda qo‘llab-quvvatlasak, albatta, biz o‘ylagandek bo‘ladi.

Manba: jfl.uz
Kiritildi: 11:58, 22.06.2017.
O'qildi: 12785 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.