Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Ibrohimovich ketishi kerakmi?

Ibrohimovich ketishi kerakmi?

Baho:
+ | -

Bu voqea yuz berishini hech kim istamagandi. «Manchester Yunayted» Zlatan Ibrohimovich bilan shartnomani uzaytirishga ishtiyoqmand emas. Zlatan o‘z jarohatini erkin agent sifatida boshqa klubda tuzatishiga to‘g‘ri keladi, chog‘i.

Afsuski, shunday. 36 yoshli hujumchi zamonaviy yulduzlardan biri. Faqatgina Zlatan butun futbol olamidan o‘zini ustun qo‘ya oladi. Bir dunyo tanqidlar ketidan aql bovar qilmas gollar urib, tanqidchilarning og‘zini yopadi.

Kimdir uning «kung-fu» usulida bergan zarbasini olqishlasa, boshqalar mashg‘ulot o‘tkazish tarzidan hayratga tushadi. Teng taqsimlangan mashg‘ulotlar, shaxsiy fizioterapevtlar, maxsus tanlab olingan ovqatlanish ra­si­oni va quloqchinlar Ibraning ajoyib jismoniy holati formulasidir.

Musiqa tinglashdan tashqari, qolgan yumushlarga bardosh berish oson emas, Demak, Zlatanning o‘ziga yuqori baho berishi bir jihatdan asosli hamdir.

Ammo bu g‘aroyib faoliyatning oxiri dramatik yakun topdi. Bir paytning o‘zida hammasi barbod bo‘ldi. Taqdir Ibra bilan yomon hazil qildi va hayotda hammasi futbolchining o‘ziga bog‘liq emasligini ko‘rsatib qo‘ydi. Futbolchi kamida yarim yilga safdan chiqdi, shartnoma esa undanda ertaroq yakun topadi. «MYU» o‘z navbatida, shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilib, to‘g‘ri yo‘l tutdi. Ha, bu tashqaridan qaraganda noxush manzara kasb etadi, muxlislar tomonidan salbiy qarshi olinishi mumkin, lekin bu eng to‘g‘ri qaror.

Ibragimovichni qanchalik ko‘p kiborgga qiyoslanmasin, har qanday mexanizm bir kun ishdan chiqadi. Qayta tiklanishdan keyin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Balki biz yana besh-oltita super gollarni ko‘rishimiz mumkindir?! Ha, u yakuniga yetgan mavsum manchesterliklarga katta foyda keltirdi, klub uchun ko‘p ish qildi, lekin bu uning butun umr shu jamoada qolishi lozimligini anglatmaydi.

Futbolchining avvalgi holatiga qaytish imkoniyatlari juda past. Ibragimovichning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va «superodam» degan laqabi umid bag‘ishlashi turgan gap. Biroq fizika qonunlari va anatomiya buning aksini ko‘rsatmoqda. Shved endi kamida o‘zining xudbinlarga xos futbolini namoyish eta olmaydi. U maydonning burchak qismiga borib, to‘pni o‘zida ushlab turishni xush ko‘radi, hujumni boshqaradi. Futbolchi o‘yinning bir qismi emas, uning ustuni bo‘lib qolishni istaydi. Uzoq muddatli tanaffusdan keyin o‘z holatini yana tiklay oladimi? Qiyin masala. Agar ilojini topgan taqdirda ham, jamoaga naf keltirishi murakkab yumushga aylanishi tayin.

Jamoa manfaati muayyan futbolchi manfaatidan ustun ekanligi inkor etib bo‘lmas haqiqat. Mabodo o‘yinchining foyda keltirishi so‘roq ostida bo‘lsa, bu yerda unga joy yo‘q. Zlatan «PSJ»da qirol bo‘ldi, «MYU»da yo‘lboshchi. Agar yo‘lboshchi jarohat olsa, uning o‘rniga yangisi saylanadi, eskisi esa chetda qolib ketadi.

Seleksiya xodimlari ayni payt rivojlanish bilan mashg‘ul va faqat olg‘a intilmoqda. Qaysidir futbolchining kelajagi haqida qayg‘urishga ularning vaqti yo‘q.

Yiliga 11,6 million yevro to‘lash - menejment uchun zarar. Bu taklif o‘tgan yili butun dunyo diqqat markazida turgandi. Mazkur shartnoma nafaqat millionlar o‘yini uchun foydali taklif bo‘ldi, balki marketing tomonidan ham ancha daromad keltirdi. Shvesiyalik hujumchining transferi e’lon qilingan ilk haftadayoq klub Zlatan futbolkalari sotuvidan 90 million yevro foyda ko‘rdi.

Hozirda xaridorlar oqimi bir muncha kamaygan. Klubda boshqa futbolchilar o‘zini namoyish etmoqda va endi ularning atributlari ko‘proq sotiladi. Jarohatlangan futbolchiga ulardan ko‘proq pul to‘lash mantiqan noto‘g‘ri, albatta. Muxlislar va jurnalistlar sarf-xarajatlarni hisoblashni yaxshi ko‘rishadi.

Shartnomadagi maosh miqdorini sezilarli tarzda pasaytirish ham shubhali qadam bo‘lardi. Mavsum so‘ngi dramatik tarzda kechdi, manchesterliklar bu yo‘lni chiroyli tarzda bosib o‘tishdi, futbolchining atributlaridan tushgan foyda kosmik darajada bo‘ldi. Ehtimol, maosh borasida cheklov o‘rnatishga hojat yo‘qdir, ammo hamkorlikni davom ettirishga ham aytarli sabab ko‘rinmayapti.

«MYU» futbolchiga faqatgina birgina sabab bilan yangi shartnoma taklif etishi mumkin. Bordi-yu, Zlatan klub afsonasiga aylanib, butun faoliyatini shu klubga bag‘ishlagan bo‘lganida boshqa gap. Hozircha esa, «Manches­ter Yunayted» shvedning o‘rnini nisbatan yoshroq va eng asosiysi, munosib nomzod hisobiga to‘ldirishni o‘ylayotganini to‘g‘ri tushunish mumkin.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:14, 23.06.2017.
O'qildi: 4664 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.