Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ilhom Mo‘minjonov: "Nasaf"dek jamoaga qarshi 10 kishi bo‘lib o‘ynash qiyin"

Ilhom Mo‘minjonov: "Nasaf"dek jamoaga qarshi 10 kishi bo‘lib o‘ynash qiyin"

Baho:
+ | -

Oliy liga 15-turidan o‘rin olgan Nasaf - Navbahor (4:0) o‘yinidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Barchani kirib kelayotgan Xayit ayyomi bilan tabriklayman, - deb so‘z boshladi murabbiy. Bugun birinchi davradagi so‘nggi uchrashuvimizni o‘tkazdik. "Nasaf"dek jamoaga 10 kishi bo‘lib o‘ynash juda qiyin. Chunki ular yetakchi jamoalardan biri hisoblanishadi. Birinchi bo‘limda himoyadagi xatodan so‘ng gol o‘tkazib yubordik. Baxsning ikkinchi yarmida bir kishi kam bo‘lib 81- daqiqagacha chidadik. Shundan so‘ng uchta gol o‘tkazib yubordik va alamli mag‘lubiyatga uchradik. Xayot davom etadi. Hozir 10 kunlik ta’tilga chiqamiz. Xatolarimiz ustida ishlab, ikkinchi davradagi muxim bellashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘ramiz. Xa, bugun yutqazdik. Lekin, 6- o‘rin uchun kurashishda davom etamiz.
- "Navbahor" mavsumni yaxshi boshladi. Ammo so‘nggi vaqtlarda jamoada pasayish kuzatilmoqda. Buning sababi nimada?
- Gapingizda jon bor. Rahbariyat ham o‘tgan turda "Olmaliq" bilan kechgan uchrashuvda durang qayd etganimizdan so‘ng shu savolni menga berdi. Mavsumni ajoyib boshlagandik. Kamchiliklarimiz mavjud. Mavsumning ikkinchi qismida kuchlilar qatoriga kirishga harakat qilamiz. Jaroxatlar soni ham so‘nggi beshta turda ko‘payib ketganini ta’kidlashim lozim. G‘iyosjon Komilovning yo‘qligi ham yaqqol bilindi.
- Qaysi chiziqlar Sizni tashvishga solmoqda?
- Hozirgi kunda hujumda muammolarimiz yetarli. Yovanovichdan ko‘p narsa kutgandim. U 15 ta o‘yinda atiga beshta gol urdi. Shuningdek yarim himoyachilarimiz ham 10- turdan keyin oqsoqlab qolishdi. Ikkinchi davrani ko‘tarinki kayfiyatda boshlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni bajaramiz. Rahbariyat sharoitlarni yaratib bermoqda.
- "Paxtakor" ijaraga bergan futbolchilarini davralar oralig‘ida qaytarmoqda. "Navbahor"dagi "paxtakorchilar"ning taqdiri qanday kechadi?
- "Paxtakor"ning uchta futbolchisini ijaraga olganmiz. Ulardan faqatgina Abbos Otaxonov asosiy tarkib vakili sanaladi. Oxirgi uchta o‘yindan ikkitasida ushbu himoyachimiz jaroxat tufayli maydonga tushmadi. Agarda "sherlar" uni chaqirishsa, muammosiz futbolchini qo‘yib yuboramiz. Chunki Abbos "Paxtakor"ga tegishli. Qolgan ikki o‘yinchi o‘zini ko‘rsata olmadi. Lekin ular biz bilan qolishadi. Mabodo toshkentliklar o‘z o‘yinchilarini so‘rashsa, ilojimiz yo‘q, qaytaramiz. Tarkibda futbolchilarimiz ko‘p. O‘rtamiyona o‘yinchilar ustida yaxshilab ishlab, "Navbahor" sha’nini himoya qilishga o‘rgatamiz.
- Legionerlar o‘yinidan ko‘nglingiz to‘ldimi?
- Yovanovich va Stanoyevichdan ko‘nglim to‘ldi. Garchi Yovanovich kam gol urgan bo‘lsada, maydonda katta xajmdagi ishni bajardi. Kerakli o‘yinlarda serbiyalik hujumchimiz gollar urdi. Umid qilamanki, ikkinchi davrada ham u "Navbahor" bilan birga bo‘ladi. Chunki Nemanya borasida O‘zbekistonning yetakchi jamoalarida menga va futbolchining o‘ziga ko‘p qo‘ng‘iroqlar keladi. U ketmoqchi bo‘lib turibdi. Ammo yilning oxirigacha mo‘ljallangan kelishuvimiz bor.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:59, 25.06.2017.
O'qildi: 3645 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.