Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Vadim Abramov: "Neftchi" klubidagi legionerlarga javob berildi”

Vadim Abramov: "Neftchi" klubidagi legionerlarga javob berildi”

Baho:
+ | -1

Oliy liga 15-turidan o‘rin olgan “Neftchi” –  “Metallurg” (0:2) bahsidan so‘ng, mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Bunday hisobda uyda mag‘lubiyatga uchrash achinarli bo‘ldi. Yigitlar bugun raqib oldida yosh bolalardek ko‘rindi. Xatto raqib darvozasi oldida jiddiy vaziyatlar yarata olmadik. Bugun “Metallurg” qiyinchiliksiz g‘alabaga erishdi deb o‘ylayman. Ular mazkur natijaga erishish uchun ko‘p ter to‘kishmadi. Futbolchilarimiz G‘uzordagi o‘yinda yaxshi harakat qilishgandi. Biroq bugun men “Mash’al” bilan bellashuvdagi jamoani ko‘rmadim.

– Birinchi davradan keyin qanday rejalaringiz bor ?

Ayni paytda diqqat e’tibor “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinga qaratilgan. Mazkur o‘yindan so‘ng yozgi tayyorgarlik rejasi borasida gapirish mumkin bo‘ladi.

Ko‘pchilik Siz “Neftchi”ga bosh murabbiy bo‘lganingizdan so‘ng jamoaga yuqori saviyali, xatto yulduz darajasidagi futbolchilarni kelishiga umid bildirmoqda. Umuman olganda seleksiyadagi ro‘yxatingizdan kimlar o‘rin olganini ayta olasizmi ?

– Siz nazarda tutayotgan saviyadagi futbolchilarni xozir mamlakat bo‘ylab topish qiyin. Biz mavsumni o‘rtasida turibmiz. Xamma professional futbolchilarni o‘z klublari bilan shartnomasi bor. Buni ham inobatga olish kerak. Legionerlarga javob berdik. Endi ularning chizig‘ida o‘ynaydigan futbolchilar izlayapmiz va ularning o‘rinini to‘ldirish lozim. Men uchun jamoaga kim kelishidan qat’iy nazar, ana shu futbolchi klubga foydasi tegishishi kerak degan fikrni ilgari suraman. Xozir bizga barchani o‘zi bilan oldinga boshlaydigan yetakchi kerak. Menda yoshlar tarkibidagi bir qator yosh va maxalliy futbolchilar yaxshi taassurot qoldirmoqda. Agar ular bilan ishlansa, e’tibor berilsa yuqori natijalar qayd etish mumkin. O‘rinbosarlar safida ham iste’dodlar yetarlicha topiladi. Men ularga katta e’tibor qaratyapman. Asosiy tarkibga kelsak, amaldagi futbolchilarimizga yomon baho bermayman. Faqat xozir ularni ketma-ket mag‘lubiyatlar tushkunlikka tushirib qo‘ygan. Bu vaziyatdan ularni olib chiqib ketish uchun harakat qilyapman. Bunday inqirozning futbolda kuzatilishi tabiiy hol sanaladi. Yozda bo‘ladigan yig‘inda imkon darajasida nomdor va kuchliroq jamoalar bilan o‘ynashni reja qilyapmiz. Aynan ushbu raqiblar bilan uchrashuvlardagi ishtirok va natijalar yigitlarga o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qaytarib berishi mumkin.

– So‘nggi paytlarda darvozabonlarning ketma-ket almashinuviga guvohi bo‘lyapmiz. Bunga qanday izoh berasiz ?

“Neftchi”ning “Navbahor”ga qarshi birinchi o‘yinini ko‘rganimda Abdujalilov menda yuqori taassurot qoldirgandi. Biroq “Dinamo” bilan o‘yinda u ko‘p gol o‘tkazib yubordi. So‘ng “Mash’al”ga qarshi bahsda O‘tkir Yusupovga imkoniyat berdim. Bugun esa yana  Abdujalilov turdi. O‘tkazib yuborilayotgan gollarda xar doim ham darvozabon aybdor bo‘lmaydi. Futbol jamoaviy o‘yin sanaladi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 22:53, 25.06.2017.
O'qildi: 9390 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.