Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Uyingga o‘t tushsin, Messi! (hajviya)

Uyingga o‘t tushsin, Messi! (hajviya)

Baho:
+ | -

Eshmat telefon qo‘ng‘irog‘idan uyg‘onib ketdi. Istar-istamas telefoni ekraniga qaradi: «Kokil». Oshnasi qo‘ng‘iroq qilayotgan ekan. Sochini turlicha turmaklab yurgani uchun unga shunday laqab qo‘yib olishgan. «Biror zaril ishi bo‘lsa kerak-da, bo‘lmasa, yarim tundayam qo‘ng‘iroq qiladimi?» deya o‘ylagan Eshmat yashil tugmachani bosdi:

— Eshmat, Messi zo‘rmi, Ronaldumi?

Eshmatning miyasiga birov to‘qqizlik mixni qo‘yib, ustidan bolg‘a bilan tushirgandek bo‘ldi.

— Nima?! — dedi baqirib. — Nima deding?! Qaytar?!

— Messi zo‘rmi, Ronaldu, shuni so‘ramoqchi...

«Kokil» gapini tugatib ulgurmadi. Eshmat ichidagi dardlarini qo‘shib, alamini oldi:

— Boshqa payt topa olmadingmi so‘rashga?! Men qayerdan bilaman qaysi biri zo‘rligini?!

— Axir sen futbol mutaxassisisan-ku! Shunga...

— Nima, futbolni bilsam uxlamasligim kerakmi?

Eshmat telefonni jahl bilan o‘chirdi. Boshini qayta yostiqqa tashladi, ammo uyqusi kelmadi. Televizorni yoqqandi, futbol berayotgan ekan. Yana «Real» bilan «Barselona» o‘ynayapti. Eshmat bir muddat futbol ko‘rgisi keldi, ammo...

Sharhlovchi to‘p Ronalduga tegishi bilan yanada mahmadona bo‘lib ketdi: «To‘p hozir Ronalduda. Ammo undan to‘pni Messi olib qo‘ydi. Intrigani qarang, Messi Ronalduni to‘psiz qoldirdi. Xo‘sh, shu o‘rinda savol tug‘iladi, kim kuchli, Ronaldumi yoki Messi? Nima deb o‘ylaysiz?»

Shu gapni eshitgan zahoti Eshmatning bosh og‘rig‘i yana qo‘zg‘aldi.

— Men qayerdan bilaman? — deya baqirgancha televizorniyam o‘chirdi-da, joyiga yotib, ustiga ko‘rpani tortdi.

Shu kuni uyqu ham tatimadi unga. U yoniga ag‘darilsa, Ronalduni, bu yog‘iga ag‘darilsa, Messini ko‘radi. Bir amallab tong ottirdi.

Ertalab bo‘lishi bilan odatiy makoni — choyxonaga otlandi. Choyxona ulfatlari bilan to‘la ekan. Bir to‘da erkaklar to‘planib, nimaningdir ustida bahslashishardi.

— Menga qara, — derdi Barot degan qassob doiradek keladigan kaftini pesh qilib, — kecha Messining harakatlarini ko‘rdingmi? U raqiblarining enasini emdirvordi-yu...

— Bekor aytibsan, — unga qarshi chiqdi Parpi sartarosh, — Ronining zarbasini ko‘rmading, shekilli. Naq zambarakning o‘qi bo‘ldi-yov... Sen bo‘lsang qayoqdagi Messini...

— Nima?! Kim qayoqdagi?! Oldin o‘sha Messidek bo‘l, xo‘pmi?! Keyin karilla...

— IYE, o‘zlarichi, o‘zlari?! — o‘rnidan turib, qassobga xezlana boshladi Parpi. — Oldin Ronalduning chap butsisiga arzib oling-da, keyin gapiring, maylimi?!

— Sen meni kamsityapsanmi?! — bo‘sh kelmadi qassob ham. — Oldin qarzlaringni to‘lab qo‘y-da, keyin jirilla! Men seni boqadiganing emasman!

— Qanaqa qarz?! E, — chakkasini qashladi sartarosh, — anavi qirq mingni aytyapsanmi? Beraman o‘shaningni! O‘zingchi, o‘g‘lingni soch oldirishga jo‘natib, pulini bermabsan... Nima, men shaxsiy sartaroshingmanmi?

Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 09:17, 26.06.2017.
O'qildi: 15053 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.