PSJ darvozaboni Salvatore Sirigu keyingi mavsumda «Torino» safida o‘ynaydi.
Football Italia xabariga ko‘ra, futbolchi turinliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Uning maoshi 1,2 mln yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi mavsumni Sirigu «Osasuna» tarkibida ijarada o‘tkazgan edi.