Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Qarshida “Markaziy” stadionning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Qarshida “Markaziy” stadionning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Kecha, 30 iyun kuni to‘liq rekonstruksiyadan chiqqan va butunlay yangilangan “Markaziy” stadionining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Nasaf" klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Marosimda viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasining prezidenti Zafar Ro‘ziyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Ro‘ziyev o‘z chiqishida, hozirgi paytda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda u kishining bevosita e’tibori tufayli mana shunday chiroyli stadionlar, sport inshootlari barpo etilayotgani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Viloyat hokimi shuningdek stadionning rekonstruksiya ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan, klub bosh homiysi “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyatiga hamda muhandis, quruvchilarga ham hokimlik tomonidan minnatdorchilik izhor etdi.

Shundan so‘ng, shu yili Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan “Barkamol avlod -2017” sport o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan viloyatning bir qator yosh sportchilari hokimlik tomonidan munosib taqirlandi. Ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Nasaf” jamoasining bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘tgan 2016 yilgi futbol mavsumi bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etilgan edi. Viloyat hokimi jamoa ustoziga ham diplom va esdalik sovg‘asi topshirdi.

Tantanali marosim kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketdi. Tomoshabinlar viloyatning bir guruh san’atkorlari va taniqli estrada yulduzi Davron G‘oyipov ishtirokidagi konsert dasturini tomosha qilishdi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 11:05, 01.07.2017.
O'qildi: 6634 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.