Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Messi: «Ronaldu bilan raqobat har ikkimizga naf beryapti»

Messi: «Ronaldu bilan raqobat har ikkimizga naf beryapti»

Baho:
+ | -

Tushunarliki, «Barselona» yetakchisi Lionel Messi klubda qolishga moyil. Ammo o‘rtadagi shartnomani uzaytirish masalasida olib borilgan bu safargi muzokara jarayoni ancha cho‘zilib ketdi.

Matbuotda tomonlar nihoyat, kelishib olishgani va bitimga shu oy oxiriga qadar imzo chekishlari xususida xabar berilgan bo‘lsada, Argentina terma jamoasining 29 yoshli umidi Tencent nashri muxbirlari bilan suhbat chog‘i bu borada aniq gapirishni istamadi.

- Avvalo, yana o‘sha mavzu - Messi - Ronaldu raqobatiga to‘xtalsangiz...

- Yo‘q, yo‘q, Krishtianu Ronalduga futboldagi asosiy raqib sifatida qaramayman. Aksincha, uning o‘yini, ishga munosabati va harakat-intilishlari menga o‘zgacha ilhom bag‘ishlaydi. Shu tariqa yangi-yangi natijalar sari intilaveraman. O‘ylaymanki, shaxsiy ko‘rsatkichlarim va o‘yinlardagi ishtirokim bilan o‘z navbatida, Ronalduning rekordlarni yangilashga majbur etmoqdaman. Shu ma’noda aytsam, o‘rtamizdagi raqobat har ikkimizga naf beryapti.

- Ronalduga raqib sifatida qaramasligingizni aytyapsizu, yana raqobat iborasini ishlatyapsiz...

- Fakt shundan iboratki, ikkimiz ham o‘z klubimizga maksimal darajada naf keltirish harakatidamiz, qolgani ikkinchi masala. Xususan, ekspertlar, jurnalistlar yoki oddiy muxlislarning munosabatlari o‘z yo‘liga. Ochiq tan olaman, Krishtianu - fenomenal ijrochi, buni butun dunyo biladi. O‘ylaymanki, u sayyoramizdagi eng sara futbolchilar qatoridan joy olishga mutlaqo haqli.

- Endi o‘zingiz va «Barselona» xususida gaplashsak. Yakuniga yetgan mavsumga qanday baho berasiz?

- Har safar yangi mavsumga start berilar ekan, uning avvalgisidan yaxshiroq o‘tishini xohlaymiz va shunga harakat qilamiz. Boshqacha aytganda, maydonga muayyan maqsad-vazifalarni bajarish uchun tushamiz. «Barsa» oldidagi vazifalar esa hammaga ma’lum - g‘alaba va yana g‘alaba. Xullas, jamoamiz har mavsum imkon qadar ko‘proq sovrin yutishi va CHLda kamida finalga chiqishi kerak. Ha, oxirgi mavsumda bu vazifa uddasidan chiqolmadik. Na Ispaniya chempionati va na CHLda g‘alaba qozongan ekanmiz, mavsumga yaxshi baho berish mumkinmi? To‘g‘ri, jamoamiz mamlakat kubogi sohibiga aylandi. Umid qilamanki, keyingi mavsumda ko‘proq sovrin yutamiz.

- Ispaniya OAVda xabar berilishicha, «Barselona» bilan tuzgan shartnomangizni 2021 yilga qadar uzaytirishga rozisiz, ammo muzokara jarayoni juda cho‘zilib ketdi...

- Bu borada ochiq gapirganim ma’qul: tabiatan avvalo, bugungi kun haqida o‘ylayman. Futbolda menga eng yoqadigani - g‘alaba. Ammo xuddi hayotda bo‘lgani kabi futbolda ham kelajakda nimalar ro‘y berishini aytish mushkul. Shunday ekan, bo‘lajak voqealar haqida fol ochishdan ma’no yo‘q. Albatta, mudom «Barselona»da o‘ynashni istaganman va shunday bo‘lib qoladi. Aytish mumkinki, bu men uchun o‘zgarmas orzu.

 

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:10, 01.07.2017.
O'qildi: 9129 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.