Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

Messining to‘yiga chaqirilgan 15 nafar futbolchi kelmadi

Messining to‘yiga chaqirilgan 15 nafar futbolchi kelmadi

Baho:
+-1 | -

30 iyun kuni Lionel Messi qaylig‘i Antonella Rokusso bilan to‘y bazmini o‘tkazdi.

Sport.es xabariga ko‘ra, Argentinaning Rosario shahrida o‘tgan marosimda 260 nafar mehmon ishtirok etdi. Biroq, taklif qilinganlarning 15 nafari turli sabablarga ko‘ra to‘yga kelmagan.

Misol uchun, Ronaldinyo Barselona shahrida «MYU» faxriylariga qarshi xayriya o‘yinida maydonga tushgan. U keyinchalik tvitter orqali baxtiyor oilaga tabrik yo‘lladi.

Mark-Andre ter Shtegen va Andre Gomesh terma jamoalari tarkibida KK-2017 musobaqasida ishtirok etmoqda. Denis Suares Ispaniya yoshlari bilan Yevropa chempionati finalida maydonga tushdi. Andres Inyesta uchinchi farzandi tug‘ilishi munosabati bilan oilaviy ishlar bilan band bo‘lgan.

Ivan Rakitich, Serxi Roberto, Arda Turon, Yasper Sillessen, Pako Alkaser, Samyuel Umtiti, Jeremi Matyo, Lyuka Din, Aleysh Vidal va Jordi Masip qanday sabablarga ko‘ra bazmga kelmagani noma’lum.

 

Manba: football24.ua
Kiritildi: 21:17, 01.07.2017.
O'qildi: 26677 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.