Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Eldor Suyunov «Nasaf» muxlislariga xayrlashuv maktubi yozdi

Eldor Suyunov «Nasaf» muxlislariga xayrlashuv maktubi yozdi

Baho:
+2 | -

Qarshining «Nasaf» klubi darvozaboni Eldor Suyunov kecha — 4 iyul kuni «Nasaf» safidagi so‘nggi uchrashuvida maydonga tushdi.

Chempionatning birinchi davrasini yakunlab beradigan o‘yinda Suyunov «Bunyodkor» futbolchilarining 3 ta aniq zarbasini o‘tkazib yubordi.

Qarshiliklar safida 2011 yildan buyon harakat qilib kelayotgan futbolchi 2-davradan boshlab Toshkentning «Paxtakor» klubi libosini kiyadi. Gruziyalik Shota Arveladze boshqarayotgan klubda Suyunov O‘zbekiston milliy terma jamoasida bo‘lgani kabi Aleksandr Lobanov bilan raqobat hosil qiladi.

«Bunyodkor»ga qarshi bellashuvdan so‘ng «Nasaf»ning endilikdagi sobiq posboni muxlislar uchun xat yozdi va uni Instagram sahifasiga joylashtirdi. Quyida Suyunovning muxlislarga murojaati taqdim etilgan.

"Avvalo «Nasaf»ning barcha muxlislariga katta rahmat aytaman! Biz birgalikda ajoyib yillarni o‘tkazdik. G‘alaba quvonchi, mag‘lubiyat alamida birga bo‘ldik. Har daqiqa Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizni his etib turdim.

«Nasaf» sizdek ajoyib muxlislari bilan doim kuchli bo‘lib qolaveradi. Biz endi professional aloqalarimizni uzmoqdamiz. Lekin insoniylik tarafdan, futbolchi va muxlis aloqalari doimo bog‘liq bo‘ladi.

Faoliyatimda yangi bosqich, yangi davr boshlanish arafasida. «Nasaf»dagi ajoyib yillarni hech qachon unutmayman. Bu jamoa doimo yuragimda qoladi. Men «Nasaf»dan ketyapman, ammo bu yerdagi xotira va unutilmas onlar hech qachon ketmaydi. Qachondir siz aziz muxlislarni xafa qilgan bo‘lsam yoki xatolarim bilan kayfiyatlaringizni tushirgan bo‘lsam, uzr so‘rayman! «Nasaf»dagi butun jamoaga, jamoadoshlarimga, murabbiylarimga, klubdagi barcha xodimlarga, muxlislarga katta rahmat aytaman! Biz qachondir yana uchrashamiz. Qaysi payt va qanday ko‘rinishda, bunisi noma’lum. Professional futbolchining professional orzulari va maqsadlari bo‘ladi. Men «Nasaf» muxlislariga xayr demayman, ko‘rishguncha, deb qolaman.

«Paxtakor» muxlislariga esa o‘zimning iliq salomimni yo‘llayman! Biz endi birgamiz va yangi marralarni birga zabt etamiz! Mening taqdirim va faoliyatim endi ajoyib jamoa — «Paxtakor» bilan bog‘lanmoqda. Rahmat, «ajdarlar» - deb yozdi Eldor Suyunov.

«Nasaf»ga 2011 yilgi mavsumda kelib qo‘shilgan Eldor Suyunov «Nasaf» safida 118 uchrashuvda maydonga tushgan va 91 ta gol o‘tkazgan. 51 o‘yinni «quruq» seriyada yakunlay olgan. Bo‘lib o‘tgan o‘yinlarning 87 tasi chempionat doirasida, 18 bellashuv O‘zbekiston kubogida, 1 marta OFK kubogi hamda 13 marta OCHL musobaqasida edi.

Anatoliy Demyanenko qo‘li ostida darvozabon bir marta OFK kubogi o‘yinida maydonga tushishga ulgurgan. 2013 yildan boshlab asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. O‘tgan vaqt ichida darvozabon «Nasaf» bilan 4 marta bronza medalini, O‘zbekiston kubogi, OFK kubogi, O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:55, 05.07.2017.
O'qildi: 8333 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.