Shveysariya konfederasiyasi sudi UYEFA sobiq prezidenti Mishel Platinining jazoni bekor qilish haqidagi apellyasiyasini qondirmadi.
Platini FIFA tashkilotining sobiq prezidenti Yozef Blatterdan moliyaviy mablag‘larni noqonuniy olganlikda ayblangan va 6 yil muddatga futboldan chetlatilgandi. Endi u 2019 yilgacha futbol sohasida ishlamaydi.
«Platini sud qaroridan qayg‘uda. U o‘zini nohaq jazolangan deb hisoblamoqda va bu nohaqlik davom etmoqda» - dedi Platini advokati Visent Solari Le Parisien xabarida.