Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Lukaku «MYU» safiga qo‘shilishdan oldin AQSHda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Lukaku «MYU» safiga qo‘shilishdan oldin AQSHda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Baho:
+ | -

«Everton» hujumchisi Romelu Lukaku «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilishdan oldin Los-Anjelesda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Belgiyalik futbolchi hozirda Kaliforniyada «MYU»ning boshqa futbolchisi Pol Pogba bilan birga ta’tilni o‘tkazmoqda. Lukaku bugun, juma kuni Angliyaga qaytishi kerak edi, ammo u Joze Mourinyo jamoasi safiga Los-Anjelesda qo‘shiladigan bo‘ldi. «MYU» 9 iyul, yakshanba kuni AQSHga yetib boradi.

Avvalroq 24 yoshli hujumchiga asosiy da’vogar sifatida «Chelsi» tilga olinayotgandi.

Agar Lukakuning transferi amalga oshsa, bu «MYU» safiga qo‘shilgan ikkinchi yangi futbolchi bo‘ladi. Avvalroq mankunianliklar «Benfika» himoyachisi Viktor Lindelyof bilan shartnoma imzolashgandi.

«Manchester Yunayted» APLning 2016/17 yilgi mavsumida gollar soni bo‘yicha top-7 jamoalari orasida eng past natija qayd etishdi. Top-3 jamoalari mavusum davomida 80tadan ortiq to‘p kiritishgan.

Zlatan Ibrahimovich 17ta gol bilan «MYU» to‘purariga aylangan bo‘lsa, Romelu Lukaku 25ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:03, 07.07.2017.
O'qildi: 8340 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.