Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Temur Kapadze Babayan iste’fosini istaganmidi?

Baho:
+-1 | -

Temur Kapadze – hurmatga loyiq futbolchi. Uzoq yillar O‘zbekiston milliy jamoasi sharafini himoya qildi, oliy liganing yetakchi klublarida to‘p surdi. Terma safida eng ko‘p maydonga tushish va chempion bo‘lish bo‘yicha turfa rekordlar sohibi.

Biz uni har doim oxiriga qadar kurashadigan va aksariyat o‘yinlarni boshida bog‘ich bilan yakunlaydigan jangovar futbolchi sifatida yaxshi eslab qolganmiz.

Mana shu jangovar futbolchi o‘tgan hafta turli internet saytlari va «Xalqaro Press-klub» ko‘rsatuvi qahramonlaridan biriga aylandi. Tabiiyki, mavzu ham o‘sha an’anaviy – O‘zbekiston milliy jamoasi atrofida aylandi.

Temur bu safar ham jangovarlik sifatini ko‘rsatdi va oqimga qarshi borib, deyarli hamma tanqid qilayotgan termaning yonini olib chiqdi. Hamma futbolchilar ham bosh jamoadagi faoliyatini yakunlagach, bu qadar kuyunchaklik bilan uni himoya qilavermaydi. Temur esa bu ishni bajarishdan aslo tortingani yo‘q. Shuning o‘zi ham unga bo‘lgan hurmatni yanada oshirib yubormaydimi?

Kapadze ishtirokidagi bir soatdan ziyod davom etgan videomurojaatni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak?! Ko‘rmaganlar yarim himoyachining «Press-klub»dagi uch daqiqalik chiqishidan boxabar bo‘lsa, yetarli. Uning gaplarini anglab olish uchun shuning o‘zi kifoya qiladi. Temur terma jamoa libosini kiymay ham uning sharafini himoya qilishda davom etmoqda.

«Men bu gaplarni bosh murabbiyning yonini olib yoki boshqa manfaatni ko‘zlab aytmayapman. Bir narsani tushunishimiz lozim – quruq tanqidlar bilan biror narsaga erishib bo‘lmaydi. Tanqid albatta kerak narsa, ammo me’yorida bo‘lishi lozim. Futbolchilarning shaxsiyatiga o‘tish esa umuman bo‘lmag‘ur ish.

Bizni oldinda ikkitagina o‘yin kutib turibdi va unda g‘alaba qozonsak, jahon chempionatiga chiqamiz. Bunday vaqtda futbolchilar ruhini sindirib, har xil gaplar aytish emas, balki ularni qo‘llash kerak. Agar mundialda ishtirok etish niyati bo‘lsa, marhamat, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlang. Hozir hammasidan ham shu muhim», – deydi Kapadze.

Xo‘p, bu gaplarda jon bormi? 

Davomi

Xo‘p, bu gaplarda jon bormi? Ochig‘ini aytsam, shaxsan o‘zim termamizning oxirgi o‘yinlaridan keskin norozi bo‘lgan muxlislar sirasiga kiraman. Biz jamoada o‘zgarish ro‘y berishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Internet saytlarida norozilik bildirdik, tanqidiy maqolalarni o‘ram-o‘ram bosib chiqardik.

Ammo yakuniy natija shu bo‘ldiki, O‘zbekiston futbol federasiyasi yana Samvel Babayanga ishonch bildirdi. Bu ish qay darajada to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini vaqt ko‘rsatadi.

Biroq Temur Kapadze bir narsada haq bo‘lsa kerak: endi tanqidlarni bas qilib, terma jamoa atrofida yana birlashadigan vaqt keldi. Oxirgi marta. Mundialga chiqishni istar ekanmiz, so‘nggi kuchlarni yig‘ib, yana bir bor «O‘zbekiston!» deya hayqirishimiz lozim.

Tanqid nima uchun kerak? Albatta, ish sifatini yaxshilash uchun. Ammo u samara bermayotgan va aksincha, ish ortga ketishiga sabab bo‘lsa nima qilish lozim? Bu savolni endi har birimiz o‘zimizga berib ko‘raylik.

«Burgaga achchiq qilib, ko‘rpani kuydirma», deydi dono xalqimiz. Biz hozir xuddi shu ishni amalga oshirmayapmizmi? Agar mana shu tanqidlar sabab terma jamoa futbolchilari ruhiyatidagi tushkunlik kuchayib, hal qiluvchi o‘yinlar boy berilsa, kim aybdor bo‘ladi? Babayanmi? Federasiyami? Yoki bizmi?

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 07:59, 07.07.2017.
O'qildi: 16212 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.