Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Aziz Ibragimov Latviyaning “Spartak” klubi a’zosiga aylandi

Aziz Ibragimov Latviyaning “Spartak” klubi a’zosiga aylandi

Baho:
+ | -

2017 yilgi mavsumni Eronning “Mashinasoziy” jamoasida o‘tkazgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Aziz Ibragimov o‘z faoliyatini Latviyada davom ettiradi. 30 yoshli futbolchi Yurmala shahri sharafini himoya qilayotgan “Spartak” klubi bilan shartnoma imzoladi.

2007 yilda tashkil etilgan “Spartak” klubi o‘tgan mavsumda o‘z tarixida birinchi marta Latviya chempioni bo‘ldi va Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Yurmalaliklar YECHLdagi ishtirokini 2-saralash bosqichidan boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Aziz Ibragimov faoliyati davomida “Traktor” (2004–2005), “Sho‘rtan” (2005), “Mash’al” (2006), “Slovan Bratislava” (Slovakiya, 2007–2008), “Bogemians 1905” (CHexiya, 2008–2011), “Sindao Jonun” (Xitoy, 2011–2012), “Banik Most” (CHexiya, 2013), “Cheske Budeyovise” (CHexiya, 2013), “Bogemians Praga” (CHexiya, 2013–2014), “Andijon” (2014), “Dinamo” Samarqand (2015), “Buxoro” (2015–2016) va “Mashinasoziy” (Eron, 2017) klublarida to‘p surgan.

Shuningdek, tajribali futbolchi 2007–2011 yillar davomida O‘zbekiston terma jamoasi safida to‘p surib, 17 uchrashuvda 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:06, 07.07.2017.
O'qildi: 6410 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик