Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sakkiz nafar o‘zbekistonlik oltin medal uchun kurashadi

Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sakkiz nafar o‘zbekistonlik oltin medal uchun kurashadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Tailand poytaxti Bangkokda davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z akalariga munosib izdosh bo‘lishga harakat qilishmoqda.

May oyida kattalar o‘rtasida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati finalida 9 nafar bokschimiz jang qilgan va ularning barchasi oltin medal sohibiga aylangandi. O‘z navbatida O‘zbekiston terma jamoasining ushbu natijasi butun dunyo boksida yaxshigina shov-shuv kelitirib chiqargandi.

Yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatiga mezbonlik qilayotgan Bangkokda ham o‘zbekistonlik bokschilar hozircha eng yaxshi natijaga ega bo‘lib turishibdi. Zero bugun bo‘lib o‘tayotgan hal qiluvchi janglarda 10 ta vazn toifasining sakkiztasida hamyurtlarimiz ringga chiqishadi.

Kecha bo‘lib o‘tgan yarim final janglarida 9 nafar bokschimiz ishtirok etdi. Ularda faqatgina Saidjamshid Ja’farov -60 kg. vazn toifasida qozog‘istonlik Samatali Toltayevga yutkazib qo‘ydi. Samandar Holmurodov (-49 kg.), Abdumalik Halakov (-52 kg.), Bilolbek Mirzarahimov (-64 kg.), Farrux Ilhomov (-69 kg.), Rajabboy Atanazarov (-75 kg.), Timur Ergashev (-81 kg.), Profsor Rorimsha (-91 kg.) va Lazizbek Mullojonov (+91 kg.) lar esa o‘z raqiblari ustidan zafar quchib final bahsiga yo‘llanma olishdi.

Bugun Osiyo chempionatining oltin medallari uchun kechayotgan janglarda hamyurtlarimiz quyidagi raqiblarga qarshi kurash olib borishadi:

-49 kg: Samandar Holmurodov - Sachin (Hindiston)
-52 kg: Abdumalik Halakov - Ryutaro Nakagaki (YAponiya)
-64 kg: Bilolbek Mirzarahimov - San’atali To‘ltayev (Qozog‘iston)
-69 kg: Farruh Ilhomov - Perapat Yasungneon (Tailand)
-75 kg: Rajabboy Atanazarov - Chao Ju (Xitoy)
-81 kg: Timur Ergashev - Rizo Hasan (Eron)
-91 kg: Profsor Rorimsha - Danila Semenov (Qozog‘iston)
+91 kg: Lazizbek Mullojonov - Nardaulat Ulanuli (Qozog‘iston)

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatida qayd etayotgan natijasi mamlakatimizda o‘zbek boksning mustahkam va boy an’analarini davom ettira oladigan, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir yosh bokschilar yetishib chiqayotganidan dalolat beradi. Ma’lumot uchun, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qit’amizning 23 ta mamlakatidan 120 nafar bokschilar ishtirok etishmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:27, 07.07.2017.
O'qildi: 4547 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик