Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Oq tanli sportchi tarixda ikkinchi bor 100 metrga 10 soniyadan tezroq yetib bordi

Oq tanli sportchi tarixda ikkinchi bor 100 metrga 10 soniyadan tezroq yetib bordi

Baho:
+ | -

Turkiyalik sprintchi Ramil Guliyev Athletics Turkcell Super League musobaqalarida 100 metrlik masofaga 9,97 soniyada yetib bordi. Bu haqda Turkiya Yengil atletika federasiyasi saytida xabar berilmoqda.

Shunday qilib, Guliyev 100 metrlik marraga 10 soniyadan tezroq yetib borgan tarixdagi ikkinchi oqtanli sportchi bo‘ldi. Bunday natijaga erishgan birinchi sportchi esa fransiyalik Kristof Lemetrdir. U 2010 yilda bu masofani 9,98 soniyada yugurib o‘tgan, bir yil o‘tgach shaxsiy rekordini o‘rnatgan — 9,92 soniya.

Guliyev kelib chiqishi ozarboyjonlik bo‘lgan 27 yoshli turk yengil atletikachisidir. U 2011 yilda Turkiya fuqaroligini olgan. Shu sababli, uning barcha natijalari Turkiyaga tegishli hisoblanadi. Guliyev o‘z vaqtida 60, 100, 200, 300 metrlarga yugurishda Ozarboyjon rekordchisi ham bo‘lgan. 

Yugurish tarixida 100 metrlik masofani 10 soniyadan tezroq bosib o‘tgan sportchilar soni 100 dan ortiq. Xalqaro yengil atletika federasiyalari assosiasiyasi (IAAF) 10 soniyalik to‘siq egallanganini faqat to‘liq avtomatlashgan sekundomerlardan foydalanilganida, shamol tezligi soniyasiga 2 metrdan kam bo‘lgan, doping ishlatilmagan holatdagina hisobga oladi. 

Bu masofada yamaykalik Useyn Bolt jahon rekordchisi. U 2009 yili bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida 100 metrni 9,58 soniyada yugurib o‘tgan. 

Manba: kun.uz
Kiritildi: 07:55, 08.07.2017.
O'qildi: 4685 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.