Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Obod»ga chet eldan homiy topildimi?

«Obod»ga chet eldan homiy topildimi?

Baho:
+ | -

Toshkentning «Obod» futbol klubi faoliyatini tugatgan. Biroq jamoa bu borada PFLga rasmiy maktub yo‘llamagan.

«Obod»ning keyingi taqdiri PFL jim turgani uchun ham noma’lumligicha qolmoqda. Avvalroq Toshkent jamoasi o‘ziga tegishli bo‘lgan futbolchilarga javob berib, ularni erkin agentga aylantirgani aytilgandi.

Nashrning qayd etishicha, o‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan hujumchi Pavel Solomin «Obod» uchun xorijdan homiylar topgani katta ehtimol. «Obod» tasarrufida bo‘lgan korxona faoliyatini tugatgan bo‘lsa-da, yangi homiy uning Oliy ligadagi tayyor o‘rniga ega chiqishi mumkin.

Bugda gap aynan qaysi homiylar haqida ketayotgani aytilmagan. Avvalroq futbol agenti San’at Sharipov Pavel Solominning ham shu sohada mehnat qilayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Bungacha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ham «Obod» rahbariyati bilan uchrashib, klubni qo‘lga kiritish istagida borligini aytgani haqida xabarlar chiqqandi.

 

 

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:52, 10.07.2017.
O'qildi: 9967 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик