Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina
24/05 23:45 Jenoa - Bolonya
25/05 00:00 Jirona - Granada

Xush ko‘rdik, elita! Yoxud eng kuchli ligalarga yo‘l olgan klublar

Xush ko‘rdik, elita! Yoxud eng kuchli ligalarga yo‘l olgan klublar

Baho:
+ | -

Yakunlangan mavsumda top-chempionatlarda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan jamoalar orasida taniqlilari ham, hali uncha nom qozonmaganlari ham bor.

APL tarixida alohida o‘rin tutadigan «Nyukasl» bir yillik tanaffusdan keyin yana kuchlilar qatoriga qaytdi. Eng qadimiy jamoalardan biri «Haddersfild» esa bu vazifani bajarish uchun naq 45 yil sarfladi. «SPAL»ning Italiya «A» seriya bilan qayta yuzlashuvi uchun bundan-da ko‘proq vaqt ketdi - 49 yil. «Jirona» (Ispaniya), «Benevento» (Italiya) va «Amyen» (Fransiya) kabi jamoalar bo‘lsa, elit guruhga ilk marta qo‘shildi.

Deylik, «Benevento» bundan bir yilcha oldin ham 3-divizion ishtirokchisi edi. Xullas, quyida yangi mavsumni top-chempionatlarda debyutant sifatida boshlaydigan klublar haqidagi umumiy ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

ANGLIYA PREMYER-LIGASI

«NYUKASL»
Shahar: Nyukasl-Apon-Tayn (aholisi: 277 000)
Stadioni: «Sent Jeyms Park» (sig‘imi: 52 405)
Bosh to‘purari: Duayt Geyl (23ta gol)
Bosh murabbiyi: Rafael Benites (Ispaniya, 57 yosh)
APLga 1 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi.

«BRAYTON»
Shahar: Brayton-End Xouv (aholisi: 274 400)
Stadioni: «Falmer» (sig‘imi: 30 750)
Bosh to‘purari: Glenn Myurrey (23ta gol)
Bosh murabbiyi: Kris Xyuton (Irlanliya, 58 yosh)
APLga 34 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi.

«HADDERSFILD»
Shahar: Haddersfild (aholisi: 163 000)
Stadioni: «Jon Smits» (sig‘imi: 24 500)
Bosh to‘purari: Elias Kachunga (12ta gol)
Bosh murabbiyi: De-vid Vagner (AQSH, 45 yosh)
APLga 45 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi.

GERMANIYA BUNDESLIGASI

«SHTUTGART»
Shahar: Shtutgart (aholisi: 613 000)
Stadioni: «Mersedes-Bens-Arena» (sig‘imi: 60 451)
Bosh to‘purari: Simon Terodde (25ta gol)
Bosh murabbiyi: Xannes Volf (Germaniya, 36 yosh)
Bundesligaga 1 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi.

«HANNOVER»
Shahar: Hannover (aholisi: 532 000)
Stadioni: «AVD-Arena» (sig‘imi: 49 700)
Bosh to‘purari: Martin Harnik (17ta gol)
Bosh murabbiyi: Andre Braytenrayter (Germaniya, 43 yosh)
Bundesligaga 1 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi.

ISPANIYA LA-LIGASI

«LEVANTE»
Shahar: Valensiya (aholisi: 810 000)
Stadioni: «Syudad De Valensiya» (sig‘imi: 26 354)
Bosh to‘purari: Roxer Marti (22ta gol)
Bosh murabbiyi: Xuan Munis (Ispaniya, 48 yosh)
La-ligaga 1 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi.

«JIRONA»
Shahar: Jirona (aholisi: 97 000)
Stadioni: «Mon-tilivi» (sig‘imi: 9 286)
Bosh to‘purari: Samuele Longo (14ta gol)
Bosh murabbiyi: Pablo Machin (Ispaniya, 42 yosh)
La-ligaga birinchi marta chiqdi.

«XETAFE»
Shahar: Xetafe (aholisi: 169 000)
Stadioni: «Koliseum Alfonso Peres» (sig‘imi: 18 000)
Bosh to‘purari: Xorxe Molina (22ta gol)
Bosh murabbiyi: Xose Bordalas (Ispaniya, 53 yosh)
La-ligaga 1 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi.

ITALIYA «A» SERIYASI

«BENEVENTO»
Shahar: Benevento (aholisi: 60 000)
Stadioni: «Chiro Vigorito» (sig‘imi: 12 847)
Bosh to‘purari: Fabio Cheravolo (21ta gol)
Bosh murabbiyi: Mar-ko Baroni (Italiya, 53 yosh)
«A» seriyasiga birinchi marta chiqdi (1 yil oldin 3-divizionda o‘ynagandi).

«VERONA»
Shahar: Verona (aholisi: 259 000)
Stadioni: «Mark Antonio Bentegodi» (sig‘imi: 39 371)
Bosh to‘purari: Jampaolo Passini (23ta gol)
Bosh murabbiyi: Fabio Pekkya (Italiya, 43 yosh)
«A» seriyasiga 1 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi.

«SPAL»
Shahar: Ferrara (aholisi: 133 500)
Stadioni: «Paolo Massa» (sig‘imi: 12 348)
Bosh to‘purari: Mirko Antenuchchi (18ta gol)
Bosh murabbiyi: Leonardo Semplichi (Italiya, 49 yosh)
«A» seriyasiga 49 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi.

FRANSIYA 1-LIGASI

«STRASBUR»
Shahar: Strasburg (aholisi: 276 500)
Stadioni: «Lya Meno» (sig‘imi: 29 230)
Bosh to‘purari: Xolid Butayb (20ta gol)
Bosh murabbiyi: Tyerri Lore (Fransiya, 53 yosh)
1-ligaga 9 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi.

«AMYEN»
Shahar: Amyen (aholisi: 132 500)
Stadioni: «Likorn» (sig‘imi: 12 097)
Bosh to‘purari: Abubakar Kamara (11ta gol)
Bosh murabbiyi: Kristof Pelissye (Fransiya, 51 yosh)
1-ligaga birinchi marta chiqdi.

«TRUA»
Shahar: Trua (aholisi: 60 000)
Stadioni: «Stad De Lyob» (sig‘imi: 21 684)
Bosh to‘purari: Adama Nyan (23ta gol)
Bosh murabbiyi: Jan-Lui Garsiya (Fransiya, 54 yosh)
1-ligaga 1 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:49, 11.07.2017.
O'qildi: 6735 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.