Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Malayziyada darvoza ortidagi hakamlar uchun OFK seminari boshlandi

Malayziyada darvoza ortidagi hakamlar uchun OFK seminari boshlandi

Baho:
+ | -

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bugun, 11 iyul kuni Additional Assistant Referees (AAR) – darvoza ortidagi qo‘shimcha hakamlar uchun OFK seminari start oldi.

Mazkur seminarda jami 40 nafar osiyolik referilar qatnashdi. O‘zbekistonlik hakamlardan Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov va Ilgiz Tantashev ishtirok etdi. O‘zbekistonlik mutaxassis Farhod Abdullayev barcha seminar ishtirokchilariga instruktorlik qildi.

Ma’lumot uchun, darvoza ortidagi hakamlar jarima maydonchasida bahsli holatlar hamda to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tgan-o‘tmagani bo‘yicha bosh hakamga qaror qabul qilishda yordam beradigan qo‘shimcha hakamlar sanaladi.

Darvoza ortidagi hakamlar tizimi OFK Hakamlar qo‘mitasi tomonidan 2016 yilning sentyabr oyida ma’qullangan edi. Amalda esa mazkur tizim birinchi marta 21 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan “Al-Ayn” (BAA) va “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) klublari o‘rtasidagi OCHL–2017 turniri chorak final ilk o‘yinida sinovdan o‘tkaziladi.

Avvalroq Ilgiz Tantashev OCHL–2017 chorak final ilk o‘yinidan o‘rin olgan hamda 22 avgust kuni o‘tkaziladigan “Shanxay SIPG” (Xitoy) – “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) o‘yinida darvoza ortidagi hakam vazifasini bajarishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda darvoza ortidagi hakamlar birinchi marta shu yilning aprel oyida, O‘zbekiston Birinchiligi 3-turidan o‘rin olgan “NBU-Osiyo” – “Zomin” (1:3) o‘yinida sinovdan o‘tkazilgandi.  

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:25, 11.07.2017.
O'qildi: 3589 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик