“Inter” sardori Mauro Ikardi Perishich bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
“Perishich “Inter”ga kerak futbolchi. Bu yerda o‘zini baxtli his qilsa, qolaversin. Agar norozi bo‘lsa, ketaversin, murabbiy Spaletti ham shunday fikrda”, dedi Ikardi.
Ma’lumot o‘rnida ayni damda Perishichga da’vogar bo‘lib turgan “Manchester Yunayted” bonuslardan tashqari 45 mln yevro berishga tayyor. Biroq “Inter” kamida 50 mln yevro talab qilyapti.