Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

O‘zbekiston U-22 termasi BAAga yetib keldi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

O‘zbekiston U-22 termasi BAAga yetib keldi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanma olish uchun saralash bahslarida ishtirok etadigan O‘zbekiston U-22 terma jamoasi BAAning Al-Ayn shahriga yetib keldi.

Saralashning “D” guruhi uchrashuvlari BAAning Al-Ayn shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur guruhda BAA, O‘zbekiston, Livan hamda Nepal yoshlar terma jamoalari Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish uchun kurash olib boradi.

12 iyul kuni Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa Dubaydan 100 km uzoqlikdagi Al-Ayn shahriga yetib bordi va Danat mehmonxonasiga joylashdi. Shu kunning o‘zida jamoa futbolchilari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da “Al-Ayn” futbol klubiga tegishli mashg‘ulotlar bazasida turnirdagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Dastlabki kun asosan chigalyozdi mashg‘ulotlar olib borildi va futbolchilarning funksional holati ko‘zdan kechirildi.

Eslatib o‘tamiz, U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga Xitoydan tashqari saralashning 10 ta guruhi g‘oliblari hamda ushbu 10 ta guruhda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega yana 5 ta jamoa ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash turnirini 15 iyul kuni Livan yoshlariga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda Ravshan Haydarov jamoasi Nepalga qarshi maydonga tushsa, so‘nggi turda mezbon – BAA terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Avvalroq xabar berilganidek, mazkur turnirda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 22 nafar futbolchi bilan ishtirok etmoqda.

Quyida saralash turniri uchrashuvlari taqvimi bilan tanishish mumkin:

U-23 OCH–2018 saralashi, “D” guruhi
15–19 iyul. Al Ayn, BAA
“Tahnun Bin Muhammad” stadioni

1-tur | 15 iyul

BAA – Nepal (soat 18:25)
O‘zbekiston – Livan (21:25)

2-tur | 17 iyul

Nepal – O‘zbekiston (18:25)
Livan – BAA (21:25)

3-tur | 19 iyul

BAA – O‘zbekiston (18:25)
Livan – Nepal (21:25).

Eslatma: Uchrashuvlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:29, 13.07.2017.
O'qildi: 5088 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик