Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Lionel Messi: «Agar «Barselona» maosh to‘lamasa, tekinga o‘ynayman»

Lionel Messi: «Agar «Barselona» maosh to‘lamasa, tekinga o‘ynayman»

Baho:
+2 | -

Argentinalik superhujumchi Lionel Messi 24 iyun kuni 30 yoshni qarshiladi. «SE» shu munosabat bilan «Barselona» yetakchisi va Argentina termasining sardoriga tegishli sitatalardan eng yorqin o‘ttiztasini tanlab, muxlislar hukmiga havola etdi.

Bolaligi haqida

- Kichkinaligimda do‘stlarim doim meni sayr qilishga chaqirishar, ammo ertaga mashg‘ulotlar kutib turganini bilganim uchun ko‘pincha ularga rad javobini berardim. Hozirgacha ushbu holat saqlanib qolgan.

Vatani haqida

- 12 yildan buyon Barselonadaman, ammo hamon argentinalikman. Garchi ayrim hamyurtlarimning bu boradagi fikrlari boshqacha bo‘lsada.

Futbolga muhabbati haqida

- Hozirgacha o‘zimni hamon onamdan to‘pni so‘rab olib, ko‘chaga oshiqadigan bolakaydek his qilaman. Qachonki, shu tuyg‘u yo‘qolsa, futboldan ketaman.

Kamgapligi haqida

- Mening o‘rnimga oyoqlarim gapiradi.

Sovrinlari haqida

- Bolaligimda Rosario ko‘chalarini changitib yurgan kezlarim hozirgi darajamga chiqish, YECHL va boshqa yirik turnirlarda muvaffaqiyat qozonish xayolimga ham kelmagandi.

Maqsadlari haqida

- Hech qachon gol urish orqali rekordlarni yangilashni niyat qilmayman, garchi bu katta yutuqlar omili bo‘lsada. Maqsadim - hozirgi jamoam bilan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish.

O‘tmishning buyuklari haqida

- Pele, Maradona hamda Di Stefano singari chempionlarni juda hurmat qilaman, ammo hozir meni ular bilan solishtirishlarini istamayman. Bu haqda nafaqaga chiqqanimdan so‘ng gaplashamiz.

Individual mukofotlari haqida

- Mukofotlar - bu yaxshi, ammo ular meni emas, jurnalistlarni o‘ylantirishi kerak.

Hal qiluvchi bahslar haqida

- Har bir uchrashuvda bir xil o‘ynayman - xuddi finalda to‘p surayotgandek.

Maqtovlar haqida

- Bir safar o‘yindan so‘ng «Arsenal» futbolchisi yonimga kelib, men bilan maydonda to‘p surganidan faxrlanishini aytdi. Bu gaplarni hozirgina yutqazgan jamoa vakili aytayotgani ajablanarli.

Pullar haqida

- Mabodo menga maosh berishni to‘xtatishsa, shu zayl tekinga o‘ynashga tayyorman. Albatta, moddiy rag‘bat hayotni yanada qulay qiladi, ammo meni ilhomlantiradigan narsa pul emas.

Tashqi ko‘rinishi haqida

- Menga jimjimador soch turmagi yoki o‘zgacha ko‘rinish shartmas. Shunchaki, to‘pni bering va nimani eplashimni ko‘rsataman.

Hayotdagi eng muhim narsa haqida

- Men uchun jahonning eng kuchli futbolchisiga aylanishdan ko‘ra, yaxshi inson bo‘lish muhimroq. Aks holda, faoliyatim yakunida hech narsasiz qolishim mumkin.

O‘sish haqida

- Hali ishlashim kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Misol uchun, o‘ng va chap qanotda bir xil mukammal o‘yin ko‘rsatishni istayman.

«Barselona»ning niyati haqida

- Klubimizning maqsadi bitta - imkon qadar ko‘proq turnirlarda zafar quchish.

«Barselona»dan ketishi haqida

- «Barsa»dan ketasanmi?» deb so‘ramang. Chunki menda boshqa jamoada o‘ynash istagi umuman yo‘q.

«Barselona» tarkibiga ta’sir ko‘rsatishi haqida

- Boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadigan o‘yinchilar ro‘yxatini tuzmayman. Boshqa futbolchilar kabi, men ham bunday vakolatga ega emasman. Shuningdek, kimdandir tarkibda o‘zgarish qilish haqida so‘ramayman.

Birinchi farzandi haqida

- Tyago tug‘ilgach, hayotim ancha o‘zgardi. Hozir u men uchun eng muhim insondir. Fikru xayolim doim o‘g‘limda bo‘ladi.

Haydovchilik haqida

- Mashg‘ulotga ketayotganimda, avtomobil tezligini oshirmaslikka intilaman. Umuman olganda, mashina haydashdan rohatlanaman.

Dani Alves haqida

- Bu futbolchi bilan o‘ng qanotda yonma-yon to‘p sura boshlaganimizdan beri yaxshi munosabatdamiz. O‘shanda endigina «Barsa»ning asosiy jamoa­sida o‘ynashni boshlagandim. Do‘stligimiz shu qadar mustahkamlangandiki, bu holat maydonda bizga yordam berardi.

Eski qadrdonlari haqida

- Ko‘p yillardan beri tanigan insoning hamrohligida bir jamoa­da o‘ynash juda muhim deyolmayman. Ammo xush damlarni yaqin do‘stlarim, misol uchun, Andres Inyesta, Sesk Fabregas yoki Jerar Pike bilan baham ko‘rish - ajoyib hissiyot.

O‘yinga tayyorgarlik ko‘rish haqida

- Uchrashuv oldidan kiyinish xonasida shovqin-suron qiladigan futbolchilar toifasidan emasman. Og‘ir-bosiqlik bilan fikrlarimni jamlashga intilaman.

O‘yin uslubi haqida

- Ko‘pchilikning fikricha, o‘yin uslubim tug‘ma ekan, biroq men bunday deb o‘ylamayman. Rostini aytsam, ichki sezgimga tayanib to‘p suraman.

Braziliya termasiga qarshi bahslar haqida

- O‘ylashimcha, xalqaro arenadagi Argentina-Braziliya o‘yinini bemalol «el-klasiko»ga tenglashtirish mumkin. Har ikki uchrashuvda buyuk raqobat tarixiga ega kuchli jamoalar ishtirok etishadi.

Kundalik hayoti haqida

- Xohlasam, ko‘chada o‘zimni boshqa­larga sezdirmasligim mumkin. Sayr­ga kam chiqaman, ammo buni ko‘proq oilam davrasida bo‘lishni xohlaganim uchun qilaman.

«Real» haqida

- «Barselona»da hamma «Real»ning sovrinsiz qolishini istaydi. Madridliklar esa bizga xuddi shunday munosabatdalar.

Krishtianu Ronaldu haqida

- U yuksak saviyadagi ajoyib o‘yinchi. Ikkimizning faoliyatimiz bir davrga to‘g‘ri kelayotgani uni ham, meni ham kuchli qilmoqda.

Liboslar kolleksiyasi haqida

- Boshqa futbolchilardan futbolka almashishni so‘ramayman. Maydonda argentinalik bo‘lsa, istisno qilishim mumkin. Bu masalada faqat bir futbolchiga murojaat etganman. U Zidan edi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:15, 13.07.2017.
O'qildi: 11710 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.