Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Abdujamol Isroilov: «Neftchi»ga qaytgan bo‘lsam-da, «Dinamo»dan minnatdorman»

Abdujamol Isroilov: «Neftchi»ga qaytgan bo‘lsam-da, «Dinamo»dan minnatdorman»

Baho:
+ | -

Oliy Liga bahslari boshlanmasidan oldin «Dinamo» safiga «Neftchi»dan ijara asosida qo‘shilgan farg‘onalik Abdujamol Isroilov jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan biri sifatida muxlislar e’tiboriga tushdi. Yaqinda Samarqanddan yana Farg‘onaga qaytgan 21 yoshli futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Abdujamol, ikkinchi davra oldidan «Neftchi»ga qaytdingiz. Yarim mavsum «Dinamo»da to‘p surib, qanday taassurotlar qoldi?

- Taassurotlarim albatta yaxshi. Aynan Samarqandda futbolchi sifatida ilk bor Oliy Liga o‘yinlarida maydonga tushdim. «Dinamo» menga bunday imkoniyatni bergani uchun bir umr minnatdorman. Samarqandda jamoamiz bir oilaga aylangandi. Futbolchilar va murabbiylar shtabi ham o‘z ishini ustalari edi. Qolaversa, Samarqand shahri ham menga juda yoqdi. Bu shaharga o‘rganib qolgandim. Qisqa qilib aytganda, Samarqand mening ikkinchi uyimga aylanib qoladi. «Dinamo» ham doim yuragimda qoladi.

- Yil boshida «Dinamo»ga kim taklif etgandi?

- «Neftchi»da yig‘inda ishtirok etib, hali asosiy tarkibga kira olmagandim. O‘tgan yili o‘rinbosarlar safida to‘p surgandim. Shunga qaramay, yil boshida Ilhom aka Sharipov meni «Neftchi»dan ijaraga olib, Oliy Ligada debyut qilishimga sabab bo‘ldi. Hamma o‘yinlarda menga ishonch bildirib, asosiy tarkibga tushirdi. Shunga yarasha men ham barchani ishonchini oqlash uchun intildim. Ilhom aka Sharipov yoshlarga ishonch bildirishdan qo‘rqmaydi. Tajribasiz bo‘lsamda menga ishonch bildirdi. Natijada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga ham chaqirildim. Qolaversa, samarqandlik futbol muxlislariga ham minnatdorchilik bildiraman. Ularni qo‘llab-quvvatlashi o‘zimga bo‘lgan ishonchni orttirdi. «Neftchi»ga qaytayotgan bo‘lsamda, «Dinamo» ham doim qalbimda qoladi, bu jamoadan minnatdorman.

- «Neftchi»ga sizni Vadim Abramov taklif etdimi?

- Yo‘q, to‘g‘risi aytsam, klub raisi Tohir aka Kopadze va sport direktorii Sherzod Raimjonovlar taklif etishdi. Hozirgi paytda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida BAAda Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayapmiz. 20 iyuldan keyin «Neftchi» ixtiyoriga qaytaman. Vadim Abramov boshchiligida tajribali futbolchilar yig‘ilmoqda. Umid qilamanki, ikkinchi davrada «Neftchi» safida yaxshi o‘yinlarimiz bilan Farg‘ona ahlini xursand eta olamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:19, 13.07.2017.
O'qildi: 4216 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.