Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

G‘iyos Komilov: «Navbahor» uchun xizmat qilishim kerak»

G‘iyos Komilov: «Navbahor» uchun xizmat qilishim kerak»

Baho:
+ | -

Mavsum boshlanishidan avval «Navbahor»ga ko‘chib o‘tgan «Mash’al»ning sobiq himoyachisi G‘iyosjon Komilovning bu mavsum haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

-Bu yilgi mavsumda sizni ko‘proq qaysi klub hayratlantirdi. Yoki chempionatimizda qanday o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldingiz?

– Avvalo mavsum kutilmagan natijalar bilan boshlandi. Bu yil mag‘lub bo‘lmagan jamoaning o‘zi qolmadi. Peshqadamlar safida yuradigan «Lokomotiv» «Nasaf» «Bunyodkor» va «Paxtakor» kabi yetakchilar ham mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishdi. Menimcha, chempionatimizda tasodifiy natijalar ko‘p bo‘layapti. Bu futbol ishqibozlarining qiziqishini ortirayapti.

-Ikkinchi davra qanday kechadi, kimning imkoniyati yuqori? Bu mavsum sizni hayron qoldirgan jamoa qaysi bo‘ldi?

-Ikkinchi davra yanada kuchliroq bo‘lishi aniq, meni hayron qoldirgan voqea «Obod» jamoasining chempionatdagi ishtirokini to‘xtatishi bo‘ldi. Jamoalar bittaga kamaysa oliy ligadan tushib ketish imkoniyati oshib ketadi. Shu bois bahslar yanada shiddatli kechadi. Meni hayron qoldirgan yana bir holat shuki, odatda pastki o‘rinlarda yuradigan jamoalar yetakchi jamoalarni mag‘lub etishni uddalashmoqda. Ayniqsa «Qo‘qon-1912» jamoasi ajoyib o‘yin namoyish etmoqda.

-Ikkinchi davraga «Paxtakor» jiddiy tayorgarlik ko‘rmoqa, tarkibiga milliy va xorij chempionatlarida to‘p surgan tajribali futbolchilarni qo‘shib olishdi. “Sherlar”ni chempionlik uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

-Ha «Paxtakor» ajoyib o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda, Braziliya, Isroil va «Nasaf»ning eng kuchli ikki futbolchisini xarid qildi. Menimcha, «sherlar» ikkinchi davrada endi ancha mazmunli o‘yin namoyish etishsa kerak.

-«Nasaf» ikki yetakchi futbolchilarini qo‘yib yubordi. Endi «ajdarlar»ning imkoniyati pasayadimi?

-Men bunday o‘ylamayman, chunki «Nasaf» tarkibida shunday ham mahoratli futbolchilar juda ko‘p. Qolaversa, “Nasaf” klubida yetarlicha umidli yoshlar doimo topiladi. Bu holat jamoa imkoniyatini pasaytirmaydi.  Kelajagi bor.

-Siz faoliyatingizni katta qismini «Mash’al»da o‘tkazdingiz, qachonlardir yana «gazchilar» safiga qaytishingiz mumkinmi?

– Ha to‘g‘ri aytdingiz, «Mash’al»da men uchun qadrli bo‘lgan ko‘p narsalar qoldi. Muborak mening ikkinchi uyimdek. «Gazchilar» shahrida besh yil yashadim,  barchasi uchun «Mash’al»ga raxmat aytaman, qachonlardir yana Muborakka qaytishimga umid qilaman. Do‘stlarimga omad tilayman.

-«Navbahor»da siz uchun eng yaqin kim?

-Men uchun jamoadoshlarimning hammasi yaqin,  ular mening yaqin do‘stlarim.

-Xorij klublaridan sizga taklif bo‘ldimi?

-Ha 3-4ta yaxshi jamoalardan taklif tushdi yana MTJdan chorlov olgandim, ammo menda hozir jaroxat borligi sabab, bu takliflar amalga oshmay qoldi, afsus. Lekin «Navbahor» uchun ham hali xizmat qilishim kerak.

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 14:09, 13.07.2017.
O'qildi: 4023 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.