Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Ronalduning ta’tildan keyin ilk o‘yini «Barselona»ga qarshi Ispaniya superkubogi bo‘ladi

Ronalduning ta’tildan keyin ilk o‘yini «Barselona»ga qarshi Ispaniya superkubogi bo‘ladi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduga to‘liq bir oylik ta’til berdi. Boisi, portugaliyalik futbolchi Konfederasiyalar kubogida ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 32 yoshli futbolchi ta’tilda bo‘lishiga qaramay, an’anaviy tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonida ishtirok etadi. Ronaldu 3-4 kunga Madridga keladi va yana ta’tilga qaytib ketadi. Bu payt davomida u Yaponiyada homiylar bilan belgilangan marosimda qatnashadi.

Ronaldu iyul oyi so‘ngiga kelib mashg‘ulotlarni boshlaydi. Shu bois, u "Barselona"ga qarshi 30 iyul kuni International Champions Cup doirasida AQSHda  bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "el-klasiko"da ishtirok eta olmaydi.

Bundan tashqari, u 8 avgust kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘ladigan UYEFA superkubogi bahsini ham o‘tkazib yuborishi mumkin. Ronaldu ta’tildan qaytib, maydonga tushish uchun jamoa bilan kamida 10 kun mashg‘ulotda qatnashishini Zidan istamoqda.

Shuningdek, futbolchi 31 iyul kuni daromadni soliqdan yashirish ayblovi tufayli sud oldida javob beradi.

Shu tariqa, Ronaldu ta’tildan keyingi ilk o‘yinni 13 avgust kuni Ispaniya superkubogi doirasida «Barselona»ga qarshi o‘tkazishi mumkin.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 10:02, 17.07.2017.
O'qildi: 8683 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик