«Lasio» yarimhimoyachisi Balde Keyta «Inter»ga o‘tadi.
Mediaset Premium xabariga ko‘ra, milanliklar 22 yoshli senegallikning transferini 22 mln yevroga kelishib olgan. Keytaning o‘ziga 5 yillik shartnoma va 3 mln yevro maosh taklif etiladi. Agar uning transferi amalga oshsa, «Inter» Perishichni «MYU»ga qo‘yib yuboradi.
Avvalroq, Keyta bilan «Yuventus» va «Chelsi» qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.