Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

«Barselona» va «PSJ» taklifini rad etgan Gerreyru, u kim o‘zi?

«Barselona» va «PSJ» taklifini rad etgan Gerreyru, u kim o‘zi?

Baho:
+ | -

Ba’zi mutaxassislar fikricha, Por­­­­­tugaliya terma ja­­­­­mo­a­sining Kon­fe­de­ra­siya­lar kubogi-2017 finaliga chiqa olmaganiga Rafael Gerreyruning tarkibda yo‘qligi sabab bo‘lgan. Ehtimol, shundaydir...

Bu boradagi bahs qancha davom etishidan qat’iy nazar, aniq bir to‘xtamga kelishning iloji yo‘q. Lekin Gerreyruning yuksak saviyasi xususida hech qanday shubhaga o‘rin yo‘q.

«PSJ» uni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qilgandi. Biroq kutilmaganda rad javobini oldi. Axir parijliklar bunday o‘jarlikka ko‘nikishmagan.

«Shunday nomdor klubning qiziqish bildirgani ko‘nglimni tog‘dek ko‘tardi. Biroq menga muntazam maydonga tushish imkonini beradigan jamoa kerak. Parijda hech kim bunday kafolatni berolmaydi. Shu sababli «Loryan»da qolishga qaror qildim», - degandi o‘shanda Rafael kamtarlik bilan.

Oradan bir yil o‘tib, «Barselona» taklifini rad etib, «Signal Iduna Park»da maydonga tushishga rozilik berdi:

«Taklif uchun «Barsa»ga rahmat. Uni rad etish juda qiyin bo‘ldi. Lekin «Borussiya»da tezroq kamolotga erishishni ko‘nglim sezib turibdi».

Ha, Gerreyru chindan ham mo‘may daromaddan voz kechdi, faqat o‘z mahoratini oshirish haqida o‘yladi.

Mulohaza bilan ish ko‘rishga odatlangan yosh iqtidor sohibi grandlar talabini qondirolmay qolishdan xavotirlanardi. Buning uchun ota-onasiga minnatdorchilik bildirish lozim - ular farzandlarining futbolga bo‘lgan qiziqishini taqiqlamagan holda risoladagidek bilim olishini ham jiddiy nazorat qilishardi.

Xullas, futbol maktabga xalal bermadi. Rafael Pauletaning o‘yin uslubiga maftun bo‘lgandi, uni TV orqali kuzatib borar, devorga Pedro va Ronaldu portretlarini ilib qo‘ygandi. 10 yildan keyin Krishtianu bilan birgalikda Yevro-2016da g‘alaba nashidasini surdi.

Gerreyruning ustun jihatlari xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, undagi universallik va standart zarbalarni ijro etish san’atini alohida ta’kidlash joiz. So‘l qanot himoya va yarim himoyachi vazifalarini a’lo darajada uddalaydi. «Kan»da doimo himoya chizig‘ida o‘ynardi, «Loryan»da avvaliga himoya, keyinchalik oldinga o‘tkazildi. Shu tariqa Rafael o‘z hisobiga gollar va samarali uzatmalarni yoza boshladi. Bir qator grand jamoalar  e’tiborini tortganiga qaramay, Gerreyru Yevropa uchun notanish edi. Argentina bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida Portugaliya g‘alabasini ta’minlagan golni amalga oshirganidan keyin vaziyat umuman o‘zgardi. «Bu hayotimdagi unutilmas lahzalardan biri bo‘ldi. Ertasi kuni otam kun bo‘yi Internetda men haqimdagi materiallar bilan tanishdi. Tabiiyki, o‘shanda yettinchi osmonda parvoz qilardim. Hozir ham o‘zimni Yerga qaytib tushgan, deb hisoblamayman», - degandi Rafael hayajon bilan.

Aslida Gerreyru Fransiyada tug‘ilib, o‘sha yerda ulg‘aydi. Faoliyatini ham Fransiyada boshlagan, bu mamlakat terma jamoasi tarkibidan bemalol joy olishi mumkin edi. Ammo Portugaliyani tanladi. «Bir qarorga kelishim oson bo‘lmadi. Oxiri Portugaliya sharafini himoya qilishga ahd qildim. U qalbimni zabt etgan. Menga oilam ham, agentim ham bosim o‘tkazgani yo‘q. Bu mening shaxsiy tanlovim».

Darvoqe, Gerreyrudagi noyob iqtidorni birinchi bo‘lib uning «kumir»i - Pedru Pauleta ko‘ra olgan va o‘smirlar terma jamoasi murabbiylar shtabiga tavsiya etgandi. Yakunda Rafael bosh jamoa bilan qit’a chempioni darajasiga ko‘tarildi. Buni qarangki, nufuzli sovrinni o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Fransiya zaminida qo‘lga kiritdi. Bir paytlar «Stad De Frans» yonidan o‘tishar ekan, otasi unga qachondir shu stadionda maydonga tushishini aytgandi. U paytda «Borussiya» a’zosi sanalib, dortmundliklar uning uchun 12 mln. yevroni sanab berishgan.

Shogirdlarini turli pozisiyalarda sinab ko‘rishni xush ko‘radigan Tomas Tuxel mavsumoldi bellashuvlarida Rafani markazga tushirdi. Mavsum davomida odatiy so‘l qanotga qaytib, Shmelser bilan ajoyib juftlikni tashkil etdi. Aynan shu futbolchi bilan hamkorlikda jarima maydonchasiga to‘pni aniq yetkazib berish san’atini o‘zlashtirdi. Uning uzatmasi evaziga Ronaldu Konfedrasiyalar kubogida Rossiya darvozasini ishg‘ol etdi. Aytgancha, terma jamoada Ronaldu uni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, Fransiyada to‘p suradigan Antoni Lopesh ham unga yaqindan yordam berib turadi. «Oyoqqa turgan «Signal Iduna Park»ning tinimsiz olqishlari ostida to‘p surish futbolchiga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. Bu yerdagilar futbolni sevishadi, meni tanishadi, bu yaxshi albatta. Lekin oila a’zolarim bilan sayr qilib yurganimda birga suratga tushishni taklif qilishlarini yoqtirmayman. «Borussiya» do‘koniga qanday qilib sezdirmasdan kirib chiqqanimga kelsak, o‘g‘limga sovg‘a olish uchun kirishga majbur bo‘lgandim. Muxlislar tanib qolmasliklari uchun kopyushon kiygan holda yurgandim. To‘g‘ri, bu men uchun oson bo‘lmagandi». Endigina 23 yoshga chiqqan Rafael rafiqasi bilan ikki nafar farzandni tarbiyalamoqda. Ular uyquga ketishgan payt o‘z ishlari bilan shug‘ullanadi. Hozir uni «PSJ» yana o‘z safiga chorlayapti, bir tomonda «Yuventus» ham befarq emasligini bildirmoqda. Lekin Gerreyru-SHmelser dueti o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga ulgurgani yo‘q, oldinda ulkan rejalar kutib turibdi. Shunday ekan, grandlar yana maqsadga erisha olmasalar, ajablanmaymiz. Yana kim biladi, deysiz, balki...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:49, 18.07.2017.
O'qildi: 11604 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.