Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang «Milan»ga o‘tishni istamoqda.
Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, gabonlik futbolchi «rossoneri» tarkibiga qo‘shilish uchun maoshining pasaytirilishiga ham rozi. Avvalroq u yiliga 13 mln yevro maosh so‘ragan edi, endi esa 8 mln yevroga ham rozi bo‘lmoqda.
Agar Obameyangning transferi amalga oshsa, u A seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Endi «Milan» uning transferi borasida «Borussiya» bilan kelishib olishi kerak.