Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang bu mavsumda hech qayerga ketmaydi.
Yaqinda gabonlik futbolchi jamoa rahbariyati bilan uchrashdi va muzokaralar yakuniga ko‘ra, uning sotilmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu xabarni Germaniyaning barcha yetakchi nashrlari - Kicker, Bild, Sky Sport News va boshqalar tasdiqladi.
Biroq, futbolchi uchun 100 mln yevro taklif qilinsa «Borussiya» D o‘z qarorini o‘zgartirishi mumkinligi ta’kidlandi.
Avvalroq, 27 yoshli hujumchiga «Milan», «Chelsi», «Liverpul» va «PSJ» qiziqish bildirgandi.