Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

OCH-2018 saralashi. O‘zbekiston yoshlari Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

OCH-2018 saralashi. O‘zbekiston yoshlari Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ravshan Haydarov shogirdlari “D” saralash guruhining so‘nggi turida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi maydonga chiqdilar. Bahsning 67-daqiqasida burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachimiz Islomjon Qobilov bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Bundan tashqari, to‘p nazorati hamda vaziyatlar yaratish bo‘yicha kichik ustunlik o‘zbekistonliklar tomonida bo‘ldi. Zabihillo O‘rinboyev va Odil Hamrobekov yakkama-yakka vaziyatlardan samarali foydalana olishmadi. Bahsning so‘nggi daqiqasida Javohir Siddiqov o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni kuchli zarba bilan darvoza to‘qqizligiga joylab, chiroyli gol muallifiga aylandi va o‘yin taqdirini uzil-kesil hal qildi.

O‘zbekiston U23 terma jamoasi saralash bosqichidagi uchala o‘yinda g‘alaba qozonib, kelasi yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

OFK U23 saralash bosqichi, “D” guruhi, 3-tur
BAA U23 – O‘ZBEKISTON U23 – 0:2 (0:0)
Gol: Islomjon Qobilov (67), Javohir Siddiqov (90)
BAA U23: Busanda, Rashid, Sa’diy, Abdulbosit, Ibrohim, Hashmiy, Alakbariy, Hammadiy, Zanhaniy, Said, Ka’biy
O‘zbekiston U23: Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Akrom Komilov, Doston Tursunov, Abbos Otaxonov, Aziz G‘aniyev, Jasur Yaxshiboyev, Javohir Sidiqov, Odil Hamrobekov, Sharof Muhitdinov, Zabihillo O‘rinboyev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:22, 19.07.2017.
O'qildi: 18177 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.